tgoop.com/notesofabdullah/313
Last Update:
Hayot ishda 9 soat o'tishini kutish, o'qishda darslarni tugatib, uyga borishdan, bola-chaqa, uylar qurishdan iboratmi faqat?
Atrofga qara axir, qo'lingdan ko'p narsa kelmayotganini tushunmadingmi hali ham? Jamiyat sifatida adolatsizlikka qarshi tura olmasang, shaxs sifatida muhim ishlar ustida ishlay olmasang, harakatsizlik, nafsga yengilish. Nahot, bu ojizlikdan or qilmasang?
Bu gaplar o'zim uchun avvalo. Agar ular hech narsani anglatmasa, ko'zlaringni kattaroq och, iltimos. Yo'q, bu gaplar bilan ish, o'qish, uy muhimmas demoqchimasman. Faqat, endi kel, har birida kattaroq, mazmunliroq maqsad qo'yib harakat qilaylik. Ishingni eng zo'r sifatda bajar, foydali ishlarni tanish va ularda mutaxassis bo'lish uchun hech tinmay o'qi, jamiyatni qurishni esa oilangdan boshla. Har birida bir martagina imkoning borday boringni ber.
Motivatsiyang ham bir oyda so'nib qolmasin, shuncha ish turganda motivatsiyamiz yo'q deyishlik juda katta mas'uliyatsizlik bo'ladi aslida.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/313
