NOTESOFABDULLAH Telegram 440
Noaniqliklar ichida (Anthropic jamoasidagi Nodir akaning postidan erkin tarjima)

Har birimiz ba’zan yanglishamiz. Bir kutuving noto‘g‘ri chiqqanda, bu xatoni o'z dunyo modelinga qayta kiritib, “nimani e’tibordan chetda qoldirdim?” deb o‘ylab ko'rish, keyin esa bu xatodan olingan dars bilan oldinga yangidan nazar solib “yana qaysi narsalar haqida men noto'g'ri o'ylagan bo'lishim mumkin?” deb tahlil qilish foydali mashq. Odatda bu katta muammo bo'lmaydi. Ko‘pincha noto‘g‘ri faraz yoki yondashuv bo‘lib, bir nechtagina narsaga ta’sir qiladi xolos. O'z dunyo modelingni yangilaysan va yo‘lda davom etaverasan.

Bugungi sun'iy intellekt (AI) bir necha yil avval hayoliy narsa edi. Men “nimani ko‘rmay qoldik?” deb izlandim, lekin LLM’larni tushuntiruvchi barcha nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, biz juda fundamental bir narsani o‘tkazib yuborganmiz. Bu esa juda chuqur oqibatlarga ega. O'z dunyo modelimni yangilash variantlarida aynan bu o‘zgarish juda katta o'rin egallaydi (the rabbit hole is deep), lekin nazariyalarning qaysi biri to‘g‘riroq ekaniga o‘zimning ham ishonchim komil emas. Masalan, LLM’lar kod yozishda kuchli bo‘lib borayotganini tushuntiradigan, ammo ularning oxir-oqibat hamma narsada yaxshiroq bo‘lishini inkor qiloladigan nazariya borligini bilmayman.

Qo'shimchasiga, bu jarayon tez o‘zgaruvchan. O‘tgan yili sun'iy intellektga so'rovlar yozish haqida gaplashar edik. Bu yil - sun'iy idrok asosidagi agentlar haqida. Kelasi yil boshqa mavzu bo‘ladi deb o'ylayman. Umuman olganda, rivojlanish davom etadi: yangi imkoniyatlar tug'iladi, ko‘proq ish avtomatlashtiriladi, ko‘proq odam uyg‘onadi.

Bunday yashash qiyin bo'lishi mumkin: axir biz aniqlik, "stabillik"ni (tarjimondan qo'shimcha) yoqtiramiz. Katta ehtimol bilan, siz hayotiy reja tuzishga o‘rgangansiz (aytaylik, talaba sifatida yo‘nalish tanlayapsiz). Har qanday reja rejalash paytidagi haqiqatlar keyinchalik ham saqlanib qoladi deb hisoblaydi. Ha, balki sizda o'zgarmay turadigan reja emas o'zgaruvchan strategiyangiz bordir - holatga qarab moslasha olarsiz. Lekin bu yondashuv ham aslida “nimalar ishlaydi, nimalar ishlamaydi” degan avvaldan yig'ilgan bilim ustiga qurilgan, xolos. Bu bilim ham dunyo o‘zgargan sari eskirishi mumkin.

Aniqlik, "stabillik" - bu hashamat. U kamayishda davom etadi, deb o‘ylayman. Hatto hayotimiz davomida avvalgi darajasiga qaytadimi-yo‘qmi, bunga ham ishonchim yo‘q. Shuning uchun tobora ko‘proq narsaga amin bo'lib bo'lmaydigan dunyoga ko‘nikishni boshlash kerak. Bu ayniqsa ko‘p hollarda haq bo'lib o'rganib qolgan aqlli odamlar uchun og‘ir bo'ladi.

Faqat bir maslahat bera olaman: kamtar bo‘ling (hamma, ayniqsa, siz ham ko'p adashishingiz mumkinligini qabul qiling - tarjimondan qo'shimcha), o'zgarishlarga ochiq bo‘ling va ko'z o'ngimizda o‘zgarib turgan dunyoga uzluksiz moslashishga tayyor bo‘ling.
---------------
Noaniqlikni keltiradigan o'zgarishlar bo'lishi aniqdir (tarjimondan).

tgoop.com/notesofabdullah/440
Create:
Last Update:

BY Manguberdi Lapasov | blog

Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/440

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Earlier, crypto enthusiasts had created a self-described “meme app” dubbed “gm” app wherein users would greet each other with “gm” or “good morning” messages. However, in September 2021, the gm app was down after a hacker reportedly gained access to the user data. Activate up to 20 bots While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. Click “Save” ; SUCK Channel Telegram
from us

Telegram Manguberdi Lapasov | blog
FROM American