tgoop.com/notesofabdullah/449
Last Update:
Dunyo juda tez o'zgaryapti
--------------
Ta'limdagi juda kerak o'zgarish. Inson tabiatiga va qobiliyatlariga ham ayni keraklisi.
Buni kutgandim, chunki ilm olishning eng yaxshi usuli ustoz orqali edi va ayni holatga kerak va qiziq bo'lgan ilmni olishda, qachondir kerak bo'lib qolar deb standard darslarni o'rganishda emas. O'tgan 2 asrda har bir o'quvchiga yo'nalish beradigan alohida ustoz olish, yoki o'quvchiga moslashgan darslik ishlab chiqib bo'lmasdi. Endi esa hammamizdan ko'p ma'lumotlarni qabul qilgan sun'iy intellekt bilan buning qisman imkoniyati paydo bo'lyapti.
Bu ilm olish osonlashgani sababidan xursand qiladi, lekin AI asosan ma'lum bir doiralar qo'lida rivojlanayotgani sababidan havotirga ham soladi. Nima bo'lganda ham bugun endi bu voqelik, unga moslashish kerak.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/449