Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
353 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Uzb_Meteo
Сувни тежаш бўйича бизнинг даврда деярли ҳеч нарса қилинмай қўйилди.

"Субъектив" жамоаси бу сафар жуда ҳам долзарб мавзуда видеоматериал тайёрлаган. Ўзбекистонда сув танқислиги, Орол фожеаси ҳақидаги сифатли материаллар буёғига кишини чуқур ўйга ботириб, диққат билан кўриш кайфиятини келтириб чиқараверади. Чунки, яқин келажакда биз унинг даҳшатли асоратлари билан тўқнаш келамиз. Рухимиз безовта ва бу каби кўрсатувларни формати узун бўлса ҳам уни вужудимиз киприк қоқмай кўришга ундайверади.

Кўрсатув сифатли ва томошабинни диққат билан кўриш учун фокус жуда тўғри танланган. Аммо, мазкур йўналишда йирик тадқиқотлар ўтказган, ўтказаётган зиёли қатлам, олимларни экспертликка таклиф қилинганда кўрсатув вазни яна ҳам ошар эди.

Кўрсатувда асосий фокус яна кенг масштабдаги аҳоли қатламига қаратилган, аммо сувнинг асосий истеъмоли (80%—90%и) бизда қишлоқ хўжалиги, саноатда фойдаланилади, фойдаланиб ҳам уларнинг 33% и латок, каналлар, бетонлашмаган сув объектларида ерга сингиб йўқ бўлиб кетади. Мавжуд бетонлаштирилаётган каналларимизда гидро изоляция деган усулдан фойдаланишларига шубҳам бор. Сув объектларини бетонлаштириш, сувнинг ерга сингиб кетиши ва сел-сув тошқин хавфини камайтириш учун қилинади.

Аммо, кўрсатувдан жуда кўп ибрат олиш мумкин. Жамоанинг юқори даражада фикрлаши, меҳнати, кўрсатувнинг ғоя генераторига ташаккур! Вақт ажратиб кўринг азизлар!

https://www.youtube.com/watch?v=rBmJZhbquyA

#Гидрологик_ишлар
Bugun xaridlarda nasiya savdo juda ommalashyapti. Uylar, mashinalar, texnika va mana yaqindan xizmatlar va hattoki taomlar nasiyaga ommaviy sotilyapti. Nasiya savdoning yonida, jamiyatimiz uchun muhim bo'lgan islomiy moliya ham keng tarqalib bormoqda. Bunda tabiiyki, bozorda turli trendlar va savolli mavzular paydo bo'ladi. Bu savollarga javoblar qidirib Alifda yangi media-ma'rifiy loyiha boshladik.

Xo'sh, halol nasiya savdo qanday bo'ladi? O'zi moliyaning o'rni qanday? Bu haqida birinchi suhbatimizda Hondamir Nusratxo'jayev (ex AAOIFI kengash a'zosi, IsDB moliyaviy boshqaruv bo'limi menejeri) bilan gaplashdik. Ko'ring, fikrlar qoldiring va foydali deb topsangiz, yaqinlaringiz bilan bo'lishing.
Forwarded from .
#Жадидчилик

Агар мусулмонлар динларини англамоқчи бўлишса Қуръонларини фақат хатм учун эмас, уйғониш учун ҳам тиловат қилишсин! Ўликлар учун эмас, тириклар учун ўқишсин!

Тажвидини эмас, ақлга хитобини ўрганишсин! Фақат ёдлашнинг ўзи билан тўхтаб қолишмасин!
Мусулмонларнинг йўлбошчи ва намуналари бўлган зотнинг хулқлари Қуръон эди. Ҳақиқий муаммомиз ахлоқ бўлган бугунги кунда, у зот соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ахлоқларига эргашмаймизми?!

Доктор Салоҳиддин Кофтаро

13.09.2021 й.

@MubashshirAhmad
Marafonda jamoadoshlarimiz bilan qatnashdik, 10K menda. Samarqandning Registon, Siyob, Shohi zinda maydonlari va Usto Umarqul Jo'raqulov ko'chalarini yugurib o'tdik. Katta tadbir bo'ldi, zo'r tashkillashtirishibdi, qo'shni davlatlardan ham mehmonlar kelishgandi, hatto Keniyadan ham.
O'rganish va amalga kiritish uchun, yaxshi maslahatlardan qisqa qaydlar:

3 Ko'nikma:
- Writing (iloji bo'lsa, har kuni);
- Sotuv (albatta amalda qilib ko'ring);
- Omma oldida gapirish (busiz lider bo'lib bo'lmaydi).

3 Odat:
- Tonggi sport; (faqat shuni qilishning imkoni bo'lmasligi mumkin)
- Tungi tahlil (Nima o'xshamadi, Nima noto'g'ri bo'ldi, Nima menga yoqmadi, Nimani noto'g'ri qildim? va o'zimizni to'g'rilashni boshlaymiz);
- Kunduzgi fokus (chalg'imasdan ishlang).

3 Kitob:
- The almanack of Naval Ravikant;
- How to lose at almost everything and still win big;
- Build (Tony Fadell).

3 Yondashuv:
- Bu gap menga tegishli; O'qigan kitoblaring, maslahatlaring senga tegishli.
- Ishda zo'r bo'lay (har kuni 15-20 minut nimadir o'rganasiz, keyin amalda qo'llaysiz);
- Yoki kaaatta HA, yoki yo'q.
Sun'iy idrok (AI)

Sun'iy idrokning har xil modellarining amalda qanday ishlayotganini ko'p misollarda barchamiz kuzatyapmiz. Marketpleyslarda tovar tavsiyalari-yu, GPT bilan suhbatlardan tortib, o'zi yurar mashinalargacha. Kompyuterlar yoki internet insonlar hayotiga chuqur kirib borib, kundalik ishlarni, sanoatlarni, munosabatlarni ham o'zgartirib yuborgandi. Ommalashgani sari, sun'iy idrokning ta'siri ulardan kam bo'lmasligi ayon bo'lib boryapti.

Bu o'zgarishlar vaqtida, nimadir qilish kerak.

Biznesingizga kiritishmi, yoki sun'iy idrok bilan produktiv munosabatda bo'ladigan komandalarda ishlash, xoh kerakli ko'nikmalarni hosil qilish bo'lsin yoki shunchaki foydalanish...
-------------
1 yilcha avval, gpt endi ommalashishni boshlaganda, potensial xavflarni o'ylab havotir olgandim, u havotirlarning ko'pchiligi hali ham bor. Lekin shu xavflarga yuzma-yuz tura olish uchun ham, sun'iy idrokni yaqindan tushuna olish kerak. Shunday ekan, harakatsiz qolmang.
Bugun 3 ajdodimiz haqida xabar topdik.

Mamadiyor (Muhammadyor) bobomiz II jahon urushi faxriysi bo'lganlar (1906 - 1988). Bu kishi katta otamizning otalari.

Ibrohim bobomiz ham bosqinchilarga qarshi chiqib vafot etgan ekanlar. Muhammadyor boboning otalari.

Bobobek to'ra Rus imperiyasiga bo'ysunmay, mollari olib qo'yilib, otilgan ekanlar. Ibrohim boboning otalari.

Ajdodlar haqida bilish ajib his beradi insonga, biz bugun 5 chi ajdodimizga yetib bordik. Bu postni ham kelajak avlodlar uchun yozyapman, nasib qilsa, o'qib tanib olarlar.

Men - Manguberdi Uchqun o'g'li. Otam - Uchqun Lapas o'g'li. Katta otam - Lapas Muhammadyor o'g'li. Katta otamning otalari - Muhammadyor Ibrohim o'g'li. Katta otamning katta otasi - Ibrohim Bobobek to'ra o'g'li. Ibrohim boboning otalari - Bobobek to'ra.

Bu men uchun yangi ma'lumotlarni bugun katta otamning ukasi Baxtiyor bobomizdan eshitdim. Imkon boricha yana o'rganib ko'ramiz.
--------------
Katta otamiz Lapas bobo kecha 87 yoshda qazo qildilar. Alloh ularni rahmatiga olsin.
Forwarded from ТАҒО ТАЙМ
Menimcha bu insoniyat tarixidagi eng muhim fotosurat. Bu 1990 yilda Voyager 1 zondi tomonidan 6 milliard km masofadan olingan Yer sayyorasining surati. Keyinchalik, ushbu fotosuratdan ilhomlanib, fizik Karl Sagan shunday yozgan:

“Bu nuqtaga yana bir nazar tashlang. U o‘sha yerda. U bizning uyimiz. U bizmiz. Siz sevgan har bir inson, siz bilgan har bir kishi, siz eshitgan har bir kishi, mavjud bo'lgan har bir inson unda o'z hayotini o'tkazdi. Azob-uqubatlar, minglab dinlar, mafkuralar va iqtisodiy ta'limotlar, har bir ovchi va terimchi, har bir qahramon va qo'rqoq, har bir sivilizatsiya yaratuvchisi va vayron qiluvchisi, har bir shoh va dehqon, har bir kishi. Bu erda sevishgan juftliklar, har bir ona va ota, har bir yorqin bola, ixtirochi va sayohatchi, har bir axloq o'qituvchisi, har bir yolg'on siyosatchi, har bir "super yulduz", har bir "eng buyuk rahbar", bizning urug‘imiz, tarixidagi har bir avliyo va gunohkor yashagan. Mana shu quyosh nurida akslangan tashlandiq joyda...

Yer ulkan kosmik maydondagi juda kichik sahnadir. Unda sarkardalar va imperatorlar shon-shuhrat va zafar ilinjida qisqa muddat qum donasiga ega bo'lishlari uchun to'kilgan qon daryolari haqida o'ylab ko'ring. Bu nuqtaning bir burchagida yashovchilarning boshqa burchakning zo'rg'a kun ko‘rayotgan aholisiga qilgan cheksiz shafqatsizligi haqida o'ylab ko'ring. Ular o'rtasida qanchalik tez-tez kelishmovchiliklar paydo bo'lishi, ular bir-birlarini o'ldirishga intilishlari, nafratlari qanchalik issiq ekanligi haqida fikrlang.

Bizning turishimiz, tasavvurimizdagi ahamiyatimiz, koinotdagi imtiyozli maqomimiz haqidagi illyuziya - bularning barchasi mana shu rangpar yorug'lik nuqtasida ro‘y beradi. Bizning sayyoramiz - bu kosmik cheksizlikdagi yolg'iz chang zarrasi. Bu ulkan bo'shliqda bizni jaholatdan qutqarish uchun kimdir yordamga kelishiga ishora yo'q.

Yer hozirgacha hayotni qo'llab-quvvatlashga qodir bo'lgan yagona dunyodir. Boshqa boradigan joyimiz yo'q - hech bo'lmaganda yaqin kelajakda. Unda vaqtincha hozir bo‘la olamiz xolos. Mustamlaka qilishga qodir emasmiz. Xohlaysizmi yo'qmi, shu Yer endi bizning uyimiz.

Aytishlaricha, astronomiya kamtarlikni shakllantiradi va xarakterni mustahkamlaydi. Ahmoqona takabburligimizning shu mitti dunyomizning bu rasmidan ko'ra, ahmoqona yaxshiroq namoyishi bo'lmasa kerak. O‘ylaymanki, bu bizning mas’uliyatimizni oshiradi, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘lish, yagona uyimiz – rangpar ko‘k nuqtani asrab-avaylashdek burchimizni eslatib turadi”.

@hamzajumayev
Alif da foydalanuvchilar uchun yil sarhisobini qildik. O'zim 800 mingdan ko'p keshbek yig'ibman 🤩.

Alif foydalanuvchisi bo'lsangiz, ko'ringchi, qancha foyda qilibsiz, eng ko'p kimga pul yuborasiz). Hali foydalanuvchimiz bo'lmasangiz, boshlashning ayni vaqti.
Dam kunlari uchun bir kino tavsiya - The lion of the desert.

Menimcha, bugun uchun juda aktual va kerakli film.
Forwarded from Alif Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alif uchun haqiqatan ham ahamiyatli bo'lgan 2024-yilni sarhisob qilamiz

Qulayroq joylashib oling, ichish yoki yeyish uchun biror mazali narsa tayyorlang. Atigi 5 daqiqa ichida yorqin voqealar, ajoyib taassurotlar va katta yutuqlar oldinda kutmoqda.

Biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur 💚

•••••••••••••••••••••••

Подводим итоги 2024 года, который стал для Alif по-настоящему значимым

Устраивайтесь поудобнее, заварите себе чего-нибудь вкусненького попить и поесть, впереди — 5 минут ярких событий, впечатлений и достижений.

Спасибо, что были с нами 💚
Birinchi 15K!

Chegaralar aslida faqat hayolimizda. 5 oy oldin 10km ham men uchun ushalmas orzuday edi.
Подобно тому, как спящий не осознаёт, что видит сон, пока не проснётся, так и большинство из нас, беспечно живущих без мысли о следующем мире, не поймёт, что потеряло, пока не придёт смерть.

В начале года мы часто ищем десятки советов: что сделать, куда стремиться, что исправить. Мой совет один: перестаньте верить в мираж вашего вечнопребывания в этом мире и вести себя так как будто вы никогда его не покинете...Единственная истина, принимаемая всеми, — мы смертны, наша жизнь конечна.

@islamic_finance_plus желаю всем нам каждый день каждого года пробуждаться из этой 'спячки' чтобы начать чувствовать истинный вкус жизни, а не его жалкую иммитацию !
Inklyuziv va ekstraktiv tizimlar

Inklyuziv tizimlar - (inclusive - ichiga oluvchi) - hammaning manfaatini hisobga oluvchi tizimlar.

Ekstraktiv tizimlar - (extract - siqib olish) - bir guruh foydasiga ko'pchilikning manfaatlariga zid ravishda ishlaydigan tizimlar.

Bu ikki tushuncha bir biriga qarama-qarshi qo'llaniladi. Va "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" (Why Nations Fail) kitobida asosiy tushunchalar sifatida ko'riladi, ko'pincha iqtisodiy va siyosiy tizimlarga nisbatan qo'llaniladi.
--------
Masalan, inklyuziv siyosiy tizimlar ishlaganda - aholining manfaatini hisobga oluvchi parlament bo'ladi, u ko'pchilik aholining manfaatlarini ilgari suradi va himoya qiladi.

Yoki ekstraktiv iqtisodiy tizimlar ishlaganda, faqat bir guruhning foydasiga ko'pchilik iqtisodiy zarar ko'radi - bunga oddiy misol - monopoliya.
2025/10/24 11:08:11
Back to Top
HTML Embed Code: