#taqdirlash_marosimi
🗣Markaz tomonidan o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi!🏛 Bugun Zakovat arenada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarning taqdirlash marosimi
bo‘lib o‘tdi. Tantanali taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berib, Vazirlik tizimidagi tanlov va bellashuvlarda ishtirok etib sovrindor bo‘lgan yoshlarni samimiy muborakbod etdi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.
🗣Taqdirlash marosimida Markaz tomonidan o‘tkazilgan
“Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Yilning eng faol o‘quvchisi”, “Kitob mening do‘stim”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida
“Eng yaxshi rasmlar” va
“Eng yaxshi videoroliklar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari Vazirlik diplom va sertifikatlari, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
☑️Ta’kidlash joizki, o‘tgan 2024-yilda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan OTMlar talabalari hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida 20 dan ortiq tanlovlar o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tanlovlar talaba-yoshlarning o‘qish davomida egallagan bilimlarini yuksaltirish, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, zamonaviy kasblarni o‘rganish hamda kitob mutolaasiga qiziqishini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.
➡️Barcha fotolavhalarni ko‘rishTadbir davomida taniqli san’atkorlar tomonidan kuylangan go‘zal taronalar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin