Orif Tolib
O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat olmoqchi boʻlganlarga xushxabar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja)…
Sertifikat toʻlovini olishda
🔹 Arizachining yoshi imtihon topshirish paytida o‘n to‘rt yoshdan katta va o‘ttiz yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
🔹 Ariza beruvchining so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos boʻladi. Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
🔹 Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.
🔹 Ariza beruvchi taqdim etgan milliy sertifikatning haqiqiyligini vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirilib, tasdiqlanadi.
🔹 Agentlik ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali kelib tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
🔹 Kompensatsiya olgan kishining sertifikati amal qilish muddati tugagach, takroran imtihonda qatnashib, talab etilgan natijani qayd etsa, unga yana kompensatsiya to‘lab beriladi.
🔹 O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolar nomidan ularning qonuniy vakillari, masalan, ota-onasi murojaat qilishi mumkin.
@oriftolib

Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Quyidagilardan qaysi biri "mehnat, ish-harakat natijasida charchash, toliqish" maʼnosini anglatuvchi soʻz hisoblanadi?
Anonymous Quiz
70%
horgʻinlik
14%
hordiq
16%
ikkisi ham
“Tupkaning tubida” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
60%
Chekka joyda
33%
Juda chuqurda
8%
Daraxt ostida
Orif Tolib
Miqdor son va koʻplik qoʻshimchasi 2️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan yana biri miqdor sondan keyingi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshishdir: 10 ta kitoblar, 4 ta uylar, 15 nafar oʻquvchilar, 30 dona lugʻatlar Bu misollarning barchasida -lar qoʻshimchasi…
Koʻplikni bildiradigan soʻzlar va -lar
3️⃣ Oʻzi birlikda ishlatiladigan, lekin koʻplikni bildiradigan soʻzlardan keyin koʻplikdagi feʼlni qoʻllash:
Aholi kerakli axborotga ega boʻldilar.
Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladilar.
Bu kabi holatlarda feʼlni birgalik nisbatda (ega boʻlishdi, yaxshi bilishadi) qoʻllash ham xato. Feʼl faqat birlikda boʻlishi kerak.
🟢 Toʻgʻrisi mana bunday boʻladi:
Aholi kerakli axborotga ega boʻldi. ✅
Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladi. ✅

“Yoqilgʻi” va “yonilgʻi” soʻzlarini kim isteʼmolga kiritgan?
Yuz yildan oshdi, tilimizga ruscha-yevropacha soʻzlar jadal kirib kelayapti. Agar oʻsha Murodxoʻja domla kabi kishilar boʻlmasa, oʻzbek tili avvalgi jozibasini yoʻqotib, lugʻaviy bir boʻtqaga aylanib qolgan boʻlar edi.
Bugungi kundagi kuchlanish, qarshilik, choʻgʻlanma lampa, yorugʻlik tezligi, ichki yonuv dvigateli kabi yuzlab soʻzlar oʻrnida напряжение, сопротивление, лампа накаливания, скорость света, двигатель внутреннего сгорания kabi ifodalar toʻlib-toshib ketardi. Boshqird adibi Mustay Karim “Советлар Россиясында крестьянлар положениеси” deb nomlangan bir maqolani koʻrganini afsus bilan qayd etgan edi.
“Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlayotgan paytida yozuvchi Said Ahmad “топливо”ni yoqilgʻi, “горючее”ni yonilgʻi deb oʻgirgandi. Bu kalimalar bugun lugʻatimizda muqim oʻrnashgan. Shoir Muhiddin Omon “приоритет”ni ustuvor (приоритететные задачи – ustuvor vazifalar), “ценность”ni qadriyat, “конкурентоспособность”ni raqobatbardosh (сейсмостойкость – zilzilabardosh) deya chiroyli tarjima qilib, tilimizga olib kirdi.
Zuhriddin Isomiddinov
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Ketma-ket va ketmaketlik
Sarlavhadagi kabi soʻzlarning imlosidagi chalkashliklar haqida oldinroq yozgan va takliflar bergan edim. 2023-yili nashr etilgan “Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati”da ana shu takliflar inobatga olinibdi.
Imlo qoidalariga koʻra, soʻzning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: xilma-xil, qarama-qarshi, qasdma-qasd, ketma-ket, rang-barang.
Ammo shunday sifatlardan yasalgan otlar chiziqchasiz yozilishi kerak: xilmaxillik, qaramaqarshilik, qasdmaqasdlik, ketmaketlik, rangbaranglik.
🟢 Tahrir va korrekturada, matn yozganda eʼtiborga olib qoʻyasiz.

Tahrirchi jamoasidan yangi loyiha – Tilmoch
Tahrirchi jamoasi oʻzbek va qoraqalpoq tillari uchun sifatli tarjimon – Tilmochni ishlab chiqdi. Uning modeli oʻzbek va qoraqalpoq tillari uchun maxsus oʻrgatilgan. Dasturga turli lugʻatlar singdirilgan. Oʻgirilgan soʻzlarni oʻzingizga moslab, ularni sinonim va variantlar bilan almashtirishingiz ham mumkin.
Eʼtiborli tomoni – qoraqalpoq tili ham qoʻshilgani. Qoraqalpoqcha uchun bu kabi tarjimon shu paytgacha yaratilmagan edi.
Sinab koʻring va baho bering:
👉 tahrirchi.uz/translator

Biror kimsa, narsa yoki gʻoyaga astoydil berilgan – ...
Anonymous Quiz
25%
Fidoiy
46%
Fidoyi
29%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Robiya
– Ey Xudoyim, yaqinda tugʻiladigan ukam ham qiz boʻlishini xohlardim. Oʻshanda biz buvijonim bilan birga yashardik...
19.12.2014
Muhammadxon Yusupov
“Qisqa hikoyalar”dan

Nabotot bu – ...
Anonymous Quiz
16%
Hayvonlar dunyosi
71%
Oʻsimliklar dunyosi
13%
Hasharotlar dunyosi
Xalq bilan muloqot davri oʻtdimi?
Toshkentning kindigida, Amir Temur xiyoboniga 5 km masofadagi “Maʼrifat” mahallasida 19 soatdan beri elektr energiyasi yoʻq.
Tuman hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy kanallarini qarab chiqdim. Qandaydir avariya yoki taʼmirlash haqida lom-mim deyilmagan.
Chiroq qachon yonishini hatto taxminan ham bilishning imkoni yoʻq. Yashnobod TETK avariya xizmati telefonlarni koʻtarmaslik yoki doimiy band qilib qoʻyish yoʻliga oʻtgan. Oldinlari telefon koʻtarilar, chiroq muammosi kechroq boʻlsa ham hal etilar edi. Yo xalq bilan muloqot davri oʻtdi deb hisoblashyaptimikan?

Xalq bilan muloqot davri oʻtdimi? Toshkentning kindigida, Amir Temur xiyoboniga 5 km masofadagi “Maʼrifat” mahallasida 19 soatdan beri elektr energiyasi yoʻq. Tuman hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy kanallarini qarab chiqdim. Qandaydir avariya…
Ertaroq yozmagan ekanman, yondi ))
Dunyo afkor ommasi bu voqeaga keskin norozilik bildirdi.
Jumladagi “afkor omma” – ...
Jumladagi “afkor omma” – ...
Anonymous Quiz
57%
Jamoatchilik, jamoatchilik fikri
19%
Olimlar, tadqiqotchilar
24%
Siyosatchilar, partiya vakillari
Hordiq dam olishmi yoki charchash?
“Yoshlik”chilar bilan Tohir Malik domlani yoʻqlab borganimizda til tozaligi, soʻz qoʻllash masalasida ham suhbat qurgan edik. Oʻshanda domla hordiq soʻzini yanglish ishlatish ommalashib ketganini aytgandi. Hordiq – horish, charchash. U chiqariladi, olinmaydi. Hordiq chiqarish – charchoqni chiqarish, yaʼni dam olish. Hordiq olish esa – charchoq olish, yaʼni charchash, toliqish.
Biroq baʼzi soʻzlar oʻziga oʻzi antonim maʼnoda ham qoʻllanadi. Ayrim soʻzlardagi xatolar esa ommalashadi, lugʻatlarga kiradi va toʻgʻri deb qabul qilinadigan boʻladi. Qisqacha aytganda, gʻalati mashhurga aylanadi. Hordiq ham shundaylardan.
Izohli lugʻat hordiq soʻzini ikki xil maʼnoda sharhlaydi:
1️⃣ Ish-mehnat, harakat qilib charchagan, tolgan holat; horgʻinlik, charchoq.
2️⃣ Dam.
Demak, bu soʻzni dam, dam olish, charchoq chiqarish maʼnosida ham qoʻllash mumkin. Xato emas.

Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Galaktikada bir kun”ning 2-kitobi (“Koinot javohiri”) mohir dublyaj aktyorlari tomonidan ovozlashtirildi.
Asarni “Mutolaa” ilovasi orqali miriqib tinglashingiz mumkin.