Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Orif Tolib
Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi 2️⃣ Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi. Soʻzni toʻgʻri qoʻllash uchun uning maʼnosini bilish yetarli emas, uning semantik va leksik uygʻunligi chegaralarini ham hisobga olish zarur. Soʻzlar mazmun…
Yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash

3️⃣ Ibora va turgʻun birikmalarni yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash.

Siz kabi rahbar bilan yuksak natijalarga erishish mumkin. Xodimlarni doim qoʻllab-quvvatlab, ruhlantirib turasiz. Baliq boshidan, deyishadi... Sizga hurmatim cheksiz. Omad sizni tark etmasin.

Yuqoridagi gapda “Baliq boshidan, deyishadi” jumlasi koʻzlangan maqsadga zid. Chunki maqolning toʻligʻi “Baliq boshidan sasiydi” koʻrinishiga ega va salbiy mazmun tashiydi. Maqtov mazmunidagi matnda bu iboraning turishi mutlaqo ortiqcha. Ayni holatdagi mazmun: “Siz boshchiligingizda hamma yoqning rasvosi chiqdi. Lekin sizni hurmat qilaman”.

@oriftolib
🇹🇷 Turkiyaga borasizmi?

Qachon?
– 9-iyun, 16:00da.
Qayerda?
– Yoshlar ijod saroyida.
Nima boʻlyapti?
– Maxsus masterklass.
Qanday mavzuda?
– “Turk tilini oʻrganish va turk tilidan sertifikat olish uchun tayyorlanishning tez va samarali yoʻllari” mavzusida.
Kim olib borar ekan?
–Turk tilini oʻrgatish boʻyicha 10 yildan ortiq tajribaga ega Gʻulomjon Sobirov ustoz.

* Boshqa savollar yoʻq boʻlsa, tezda roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/fWc37Nxq8smZcgjD8

🔵 Batafsil:
Ibrat farzandlari

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
21%
Roʻyhat
79%
Roʻyxat
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
Dahshat
51%
Daxshat
Boshqalarga bildirmasdan; yashirin ravishda; yashirincha – ...
Anonymous Quiz
63%
Xufyona
37%
Xufiyona
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
86%
Kulimsirab qoʻydi.
14%
Kulumsirab qoʻydi.
Assalomu alaykum.

Qurbon hayiti qutlugʻ boʻlsin.

@oriftolib
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxon millatga aylanishimizda “Mutolaa” ilovasi bizga koʻmakchi boʻladi!
Qay biri toʻgʻri?

..., undan keyin qancha suvlar oqib oʻtdi-yu!
Anonymous Quiz
55%
Eh-he
45%
Ehhe
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
67%
Yuzi shuvut boʻldi
33%
Yuzi shuvit boʻldi
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
90%
Manman boʻlma!
10%
Man-man boʻlma!
Orif Tolib
Yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash 3️⃣ Ibora va turgʻun birikmalarni yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash. Siz kabi rahbar bilan yuksak natijalarga erishish mumkin. Xodimlarni doim qoʻllab-quvvatlab, ruhlantirib turasiz. Baliq boshidan, deyishadi...…
Paronimlarni yanglish ishlatish

4️⃣ Paronimlarni adashtirib qoʻllash:

Mentalitetimizga yod tushunchalarga ergashmasligimiz kerak.

Bu oʻrinda yot soʻzi oʻrnida yod soʻzi yanglish qoʻllangan. Mentalitetimizga yot iborasi mentalitetimizga begona degan maʼnoni bersa, mentalitetimizga yod iborasi mentalitetimiz yod olgan degan mazmunni hosil qiladi. Chunki yod soʻzi xotira, es; xotirada, esda saqlash; eslash maʼnolarini anglatadi.

@oriftolib
Orif Tolib
Paronimlarni yanglish ishlatish 4️⃣ Paronimlarni adashtirib qoʻllash: Mentalitetimizga yod tushunchalarga ergashmasligimiz kerak. Bu oʻrinda yot soʻzi oʻrnida yod soʻzi yanglish qoʻllangan. Mentalitetimizga yot iborasi mentalitetimizga begona degan maʼnoni…
Morfologik xatolar

Morfologik xatolar – turli gap boʻlaklarining grammatik shakllarini yasash bilan bogʻliq xatolar. Masalan:

1️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri qaratqich kelishigi oʻrnida tushum kelishigini ishlatish:

Bu muammoni bevosita rektorni oʻziga aytadigan boʻlishdi.

-ni
feʼl va uning shakllari bilan bogʻlanadi, -ning esa ism soʻzlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Demak, yuqoridagi jumlada tushum kelishigi emas, qaratqich kelishigi qoʻllanishi kerak:

Bu muammoni bevosita rektorning oʻziga aytadigan boʻlishdi.


@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
86%
Yuragingiz
14%
Yuraginggiz
Orif Tolib
Morfologik xatolar Morfologik xatolar – turli gap boʻlaklarining grammatik shakllarini yasash bilan bogʻliq xatolar. Masalan: 1️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri qaratqich kelishigi oʻrnida tushum kelishigini ishlatish: Bu muammoni bevosita rektorni…
Miqdor son va koʻplik qoʻshimchasi

2️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan yana biri miqdor sondan keyingi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshishdir:

10 ta kitoblar, 4 ta uylar, 15 nafar oʻquvchilar, 30 dona lugʻatlar

Bu misollarning barchasida -lar qoʻshimchasi ortiqcha. Chunki sonning oʻzida koʻplik maʼnosi borligi sababli otga koʻplik maʼnosi qoʻshilmaydi.

@oriftolib
Qayrilish va burilish: farqi nimada?

Baʼzi soʻzlar sinonim boʻlsa-da, maʼlum bir sohada qoʻllanishiga koʻra farqli maʼno tashiydi. Qayrilish va burilish soʻzlari ham shunday. Izohli lugʻat ikki soʻzni maʼnodosh hisoblagan va yaqin shaklda sharhlagan:

Qayrilish – yoʻl, ariq, daryo va shu kabilarning burilib, oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradigan joyi; qayilish, burilish.

Burilish – yoʻl, daryo va shu kabilarning burilgan joyi, muyulishi.

Lekin yoʻl harakati qoidalarida bu ikki tushuncha farqli maʼnolarga ega. Qayrilish yoʻlning qarama-qarshi tomoniga “180 gradusga” burilib, kelgan tomonga teskari yoʻnalishda harakatlanishni anglatsa, burilish yoʻnalishni “90 gradusga” oʻng yoki chap tomonga oʻzgartirib harakatlanishni bildiradi.

@oriftolib
O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat olmoqchi boʻlganlarga xushxabar

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab berilishi rejalashtirilyapti.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga koʻra:

🔹 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

🔹 imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimi tasdiqlanadi.

@oriftolib
2024/09/30 08:09:09
Back to Top
HTML Embed Code: