Telegram Web
Forwarded from Hilol Edu | Rasmiy
Ertalabki vaqtda turk tilini o'rganmoqchisiz?

🇹🇷 Turk tilini kuchli ustozdan o'rganish yaxshi. Lekin shu ustoz minglab o'quvchilarga ta'lim bergan bo'lsa undan ham yaxshi. Hilol Edu markazida esa aynan shunday ustozlar dars beradi.

👨‍🏫 G'ulomjon Hoca "Hilol Edu" turk tili markazining asoschisi bo'lib, 11 yillik faoliyati davomida 5000 dan ortiq o'quvchilarga sifatli ta'lim bergan. 

⚡️ Hozirda ustozimizning turk tilini 0 dan o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun A1 darajadagi offline guruhlariga qabul boshlandi.

O’quvchilarimiz safiga qo’shilib, yuqori natija egasiga aylanishni istasangiz, sizni Hilol Eduda kutib qolamiz!

📞  Ro'yxatdan o'tish uchun
🔥4👍1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
8%
Odam skaleti
92%
Odam skeleti
👍21💯9🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
66%
Hazir boʻling!
34%
Xazir boʻling!
💯19👍8🔥2😱2🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
90%
Sabzavot
10%
Sabzovot
🔥16💯11👍2😱2
🔥20💯12🤨10😱3👍2
Iboralar SI talqinida: qay birini topa oldingiz?

“Madaniyat va maʼrifat” telekanali o‘zbekcha iboralarning sun’iy idrok yordamida yaratilgan tasvirlarini taqdim etibdi. Baʼzilari biroz qiyin, lekin ishoralar orqali javobini bemalol topsangiz boʻladi.

Qaysi iboralarni topa oldingiz?

Javoblaringizni kanal sahifasida qoldirishingiz mumkin:
👉 @madaniyat_marifat_tv

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍57🤣42🔥5😢1💯1
Bagʻoyat eʼtiborli boʻling

Bundoq oʻylab qarasam, -da qoʻshimchasini oʻrinsiz qoʻllash koʻp uchrar ekan. Bugun tahrir payti yana bittasi duch keldi: bagʻoyatda. Bu soʻzning oʻrin-payt kelishigini olmagan shakli bor: bagʻoyat. Shunisi toʻgʻri. Yuqori, ortiq darajada, juda ham, oʻta kabi maʼnolarni anglatadi:

Fikrlaringiz bagʻoyat toʻgʻri.

Soʻzning gʻoyat, gʻoyatda kabi shakllari ham bor. Gʻoyatda soʻzida ham -da alohida vazifa bajarmaydi, lekin bu shakl lugʻatlarga kirib ulgurgan, shu bois uni toʻgʻri deb qabul qilsak boʻladi.

📌 Demak:

Gʻoyat, bagʻoyat, gʻoyatda
Bagʻoyatda

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍32🤣6🔥4🤨1
Qalbi boʻsh odamning tili toʻla boʻladi.

Chechen maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍26🔥10😢4💯4
Forwarded from Mutolaa
Mutolaa jamoasining bir qismiga aylaning — o‘qish madaniyatini birgalikda rivojlantiraylik!

📍 Manzil: Toshkent, Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A
💼 To‘liq ish kuni

Mutolaa — o‘zbek tilidagi eng katta mobil kutubxona. Loyiha 2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida boshlangan va bugungi kunda undan minglab odamlar foydalanmoqda.

🔧 Stajyor sifatida siz quyidagilar bilan shug‘ullanasiz:
- Mobil ilova va veb platforma uchun interfeyslar ishlab chiqish
- Yangi funksiyalar va yaxshilanishlar dizaynini yaratish
- Dizayn sistemani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
- Dasturchilar bilan yaqindan ishlash
- Foydalanuvchi tajribasini tahlil qilish va takomillashtirish

🧩 Biz sizdan kutamiz:
-UX/UI dizayniga qiziqish va o‘rganishga tayyorlik
- Figma dasturi bilan tanishlik (asosiy darajada bo‘lsa ham yetarli)
- Faollik, ijodiy fikrlash va tashabbuskorlik
- O‘zbek tilidagi madaniy va ta’limiy loyihalarga mehr


📄 Qanday ariza berish mumkin: Formani to'ldiring
👍4
Kvazarlar nima?

Savol:
Oʻtkir Hoshimovning “Kvazarlar” nomli asari bor. Shuning lugʻaviy maʼnosi nima?

Javob:
Bu atama inglizcha quasar soʻzidan olingan, u esa quasi-stellar soʻzlaridan yasalgan boʻlib, yulduzga oʻxshash degan maʼnoni anglatadi.

Kichik kvazar blazar deyiladi.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, kvazarlar burchak oʻlchamlari juda kichik kosmik obyektlardir. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai boʻlib, optik diapazonda xira yulduzsimon koʻrinishga ega. Ilk bor 1960-yili radionurlanish manbai sifatida topilgan.

Kvazarlar galaktikadagi eng yorqin jismlardan biridir. Shu sababli ularni koinot mayoqlari deb ham atashadi. 2019-yili eng yirik kvazarlardan biri aniqlangan. Uning yorugʻligi 600 trillion quyoshga teng deb baholangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, milliondan ortiq kvazar aniqlangan.

🧐 Suratda NGC 4319 galaktikasi va Markarian 205 kvazari.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍31🔥8
​​Rassomchilikmi yo rassomlik?

Muharrirlar-u yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, xullas, soʻz bilan ishlaydigan odamlar orasida tarqalgan bir qarash bor: rassomchilik emas, rassomlik boʻlishi kerak. Rassomlik variantini yoqlaydiganlar bu soʻz mazmunida -chi qoʻshimchasining maʼnosi oʻzi shundoq ham bor, rassomchi demaymiz-ku, demak -chi ortiqcha degan qarashni ilgari suradi.

Ammo, lekin, biroq...

Oʻzbek tilida -chi va -lik qoʻshimchalari ham, yaxlit -chilik qoʻshimchasi ham bor.

🟢 -lik kasb egasiga xos ish, mashgʻulot maʼnosini bildiruvchi ot yasaydi: tabiblik, aktyorlik, sartaroshlik, oʻqituvchilik, mudirlik.

🟢 -chilik sohani bildiruvchi ot yasaydi: dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliqchilik, ipakchilik, parrandachilik, sabzavotchilik.

❗️ Qiyoslang:

Paxtakorlik, gʻallakorlik, dehqonlik, kosiblik, oʻqituvchilik – kasb oti.

Paxtachilik, gʻallachilik, dehqonchilik, kosibchilik, pedagogika – soha oti.

Demak, rassomlik deganda kasb oti, rassomchilik deganda soha tushuniladi. Institut nomida ham rassomchilik soʻzini qoʻllagan maʼqul, chunki bunda kasb oti emas, soha tushunilishi toʻgʻriroq boʻladi: Milliy rassomchilik va dizayn instituti.


Bu xuddi oʻqituvchilik universitetidan koʻra pedagogika universiteti deyish afzal ekaniga oʻxshaydi.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍31🔥10💯8
Hilol Edu | Rasmiy
Kitaplarımın.... kitaplıkta.
Gʻulomjon hoca, sal qiyinroq savollardan ham joylang. Hadeb A1 daraja testlarni yechavermaylik 😎

Turk tilini oʻrganayotganlar boʻlsa, sahifadagi maʼlumotlardan foydalaninglar.
👍19🤣3🔥1
​​Savodxonlik darslari

“Ibrat farzandlari” loyihasida tayyorlangan videodarslar:

1-dars. Bogʻgami yo boqqa?
2-dars. Qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar imlosi
3-dars. -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi
4-dars. Takror tovushlar imlosi
5-dars. Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi
6-dars. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
7-dars. Yuklamalar imlosi
8-dars. Koʻmakchilar imlosi
9-dars. Hammayoq yoki hamma yoq?
10-dars. Timqorami yo tim qora?
11-dars. Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?
12-dars. Izofali birikmalar imlosi
13-dars. Joy nomlari imlosi
14-dars. Qisqartma soʻzlar imlosi
15-dars. Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
16-dars. Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi
17-dars. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi
18-dars. Tartib sonlar imlosi
19-dars. Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi
20-dars. Unvonlar qanday yoziladi?
21-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1
22-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
23-dars. Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi
24-dars. Mana bu va manavi, ana bu va anavi
25-dars. Fan nomi qanday yoziladi?
26-dars. -yapti, -yabdi, -ayapti
27-dars. Variantdosh soʻzlar imlosi
28-dars. Sulola nomi qanday yoziladi?
29-dars. Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar, yoʻnalishlar va kafedralar nomi imlosi
30-dars. Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi
31-dars. Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi?
32-dars. -chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
33-dars. Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?
34-dars. Ism-familiyalar imlosi
35-dars. Tutuq belgisining qiyinchiliklari
36-dars. Kattalik birliklari imlosi (1-qism)
37-dars. Kattalik birliklari imlosi (2-qism)
38-dars. Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi
39-dars. -u, -yu va chiziqcha
40-dars. Takror soʻzlar va takrorlangan soʻzlar imlosi
41-dars. Taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi
42-dars. “Al” va uning imlosi
43-dars. Mavzu nomlari qanday yoziladi?
44-dars. Elektron OAV va portallar nomi qanday yoziladi?
45-dars. Sport musobaqalari nomi imlosi
46-dars. Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi
47-dars. “H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin?
48-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism)
49-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism)
50-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (3-qism)
51-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (4-qism)
52-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (5-qism)
53-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (6-qism)
54-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (7-qism)
55-dars. Juvonmardni juvonmarg qilmang
56-dars. Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin
57-dars. Joniga oro kirdimi yo ora kirdi?
58-dars. Ziyolilarni ham adashtiradigan so‘zlar
59-dars. Talaffuzi sabab imlosi qiyinlashgan so‘zlar
60-dars. Ozroq eʼtiborli boʻlsangiz yetadi – xato qilmaysiz

👉 YouTube’da koʻrish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍18🔥4💯2
Ona tili va adabiyoti | | Izamov
⚡️Orif Tolib ustozimizning yuqorida iqtibos qilingan postlari bo’yicha menda bir savol paydo bo’ldi: “Taroqchilik” so’zi ham soha otini ifodalaydimi shunda, ustoz? Shu kunga qadar bu otning morfemik tuzilishini “ Tara + q + chi + lik” tarzida o’rgatib kelganman……
Soʻz va qoʻshimchalarni toʻgʻri oʻrgatgansiz. Lekin taroqchilik soʻzi soha oti emas. Taroqchi degan degan kasb boʻlgan, u taroq yasash bilan shugʻullangan:

Beshikchilar, taroqchilar, dukchilar Mayramxonni oʻz qoʻllari bilan ovqatlantirishni baxt deb bilar edilar.
Gʻafur Gʻulom, “Shum bola”.

Shu kasbni bildiruvchi soʻzga -lik qoʻshimchasi qoʻshilyapti va shu kasb egasiga xos ish, mashgʻulot maʼnosini bildiruvchi soʻz yasalyapti. Bu xuddi oʻqituvchi soʻziga -lik qoʻshimchasini qoʻshishga oʻxshaydi.

Taroqchilik bilan shugʻullanuvchi kishining sohasi hunardmandchilik boʻladi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
💯17👍4
2025/07/10 08:28:29
Back to Top
HTML Embed Code: