#Amaliyot
Jumlada oʻqituvchilar maktab direktorini taʼmirlaganday boʻlib qolgan. Mazmunni yaxshiroq ifodalash uchun variantlar:
Andijonda oʻqituvchilari taʼmirlashda qatnashgan maktabning direktori ishdan olindi
Andijonda oʻqituvchilari “hashar”da qatnashgan maktabning direktori ishdan olindi
Andijonda maktab taʼmirlagan oʻqituvchilar sabab direktor ishdan olindi
Andijonda oʻqituvchilar qatnashgan taʼmir sabab maktab direktori ishdan olindi
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Andijonda o‘qituvchilar taʼmirlagan maktab direktori ishdan olindi ❌
Jumlada oʻqituvchilar maktab direktorini taʼmirlaganday boʻlib qolgan. Mazmunni yaxshiroq ifodalash uchun variantlar:
Andijonda oʻqituvchilari taʼmirlashda qatnashgan maktabning direktori ishdan olindi
Andijonda oʻqituvchilari “hashar”da qatnashgan maktabning direktori ishdan olindi
Andijonda maktab taʼmirlagan oʻqituvchilar sabab direktor ishdan olindi
Andijonda oʻqituvchilar qatnashgan taʼmir sabab maktab direktori ishdan olindi
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2
Qanday savollar zoʻr intervyu olishga yordam beradi?
Kanada jurnalistikasining afsonasi Jon Savotskiy bu asosiy tamoyillarni YouTubeʼda intervyular avjiga chiqishidan ancha oldin shakllantirgan. Biroq ular hozir ham aʼlo darajada ishlaydi.
Suhbatdoshga qanday savollarni bergan maʼqul:
1️⃣ Ochiq savollar. Ular suhbatdoshni mohiyat haqida oʻylashga va javob berish uchun kuch sarflashga undaydi, batafsil tushuntirish olish va uning nuqtayi nazarini eshitish imkoniyatini oshiradi. Yopiq savollar esa, aksincha, “ha” yoki “yoʻq” bilan cheklanishga yoʻl ochadi.
❌ Siz uchun qoʻrqinchli boʻldimi?
✅ Nimani his qildingiz?
2️⃣ Betaraf savollar. Sharhlar, shaxsiy baholashlar, taxminlar, farazlar, boʻrttirishlar, yorliqlar yopishtirish – yaxshi savolda bularning hech biriga oʻrin yoʻq. Agar savollar biror javobga yoʻnaltirsa yoki shaxsiy fikr bilan ifodalansa, suhbat markaziga suhbatdosh emas, intervyu muallifi chiqib qoladi.
❌ Hozir ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini oldi-qochdi marafonlar bilan aldayotgan infoloʻttibozlar koʻpayib ketgan. Shu fikrga qoʻshilasizmi?
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi marafonlar haqida nima deysiz?
3️⃣ Oddiy savollar. Savol murakkab boʻlmasligi va faqat bir jihatga tegishli boʻlishi kerak. Bitta soʻrovdagi bir nechta savol suhbatdoshga qulay savollarga javob berish va noqulaylaridan qochish imkonini beradi.
❌ Parranda suti asosida H5N1 parranda grippi shtammiga qarshi emlama ishlab chiqish uchun davlat ajratgan mablagʻlar ulushi qancha va bu vaksinani ishlab chiqish qisqichbaqa dumidan olinadigan doriga nisbatan samaraliroq va arzonroq ekani rostmi?
✅ Parranda grippiga qarshi emlama ishlab chiqish uchun byudjetdan qancha mablagʻ oldingiz?
© “Initsial”dan tarjima

Savobi uzoq vaqt kelib turadi
Bugundan “Tashabbusli byudjet” loyihalariga ovoz berish boshlandi. Sizga ham tanish-bilishlar havola joʻnatgandir. Balki, oʻzingizning mahallangiz, maktabingiz tashabbus bilan qatnashayotgandir. Bunda, albatta, oʻsha loyihalarga ovoz berasiz.
Hatto ikki litr yogʻ yoki kola uchun ovoz berish ham har kimning oʻz haqqi. Ammo ovoz berishda sizga savobi uzoq yillar tegib turadigan usulni tanlasa ham boʻladi. Bu – yoʻllar, taʼlim dargohlari qurilishiga xolis ovoz berishdir. Maktab qurishga ovoz berish uning binosiga bir gʻishtmi, oʻn gʻishtmi, yuz gʻishtmi yordam qilishday gap – qad koʻtaradigan dargoh uzoq yillar xizmat qiladi, bundan sizga ham savob tegadi, inshaalloh.
Shu satrlarni yozyapman-u, sovet zamonida qurilgan ikki smenali maktabda oʻqiganim, qish oylari qorongʻida uyga qaytganim, uydagilar xavotir olib oʻtirgani esimga tushyapti. Toʻgʻri, Uchkoʻprik tumanidagi men tahsil olgan 34-maktab mustaqillik yillarida qayta qurildi. Lekin sigʻim oʻzgarmadi – bolalar oʻsha-oʻsha ikki smenada maktabga qatnayverdi. “Tashabbusli byudjet”ning bu mavsumida maktabga qoʻshimcha bino qurish loyihasi qoʻyilibdi. Imkoni borlarni shu loyihaga ovoz berishga chaqiraman. Keng va yorugʻ sinflarda oʻqiydigan bolalar, oʻzidan ham koʻra oʻquvchilari uchun koʻproq sevinadigan ustoz-muallimlarning duosini oling:
👉 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/52/c82c2c93-1c5f-4de4-8669-79bbd0068713

Ayrimlar ehson qilsa-da boyiydi, baʼzilar oʻgʻirlasa-da kambagʻallashadi.
Portugal maqoli
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Portugal maqoli
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Rasul HAMZATOV
***
Ulkan bir kitobga o‘xshaydi dunyo,
Unga qadam qo‘ygan har bitta odam
Yozmog‘i kerakdir dildan, beriyo
Hamma-hammasini qadam-baqadam.
Bu dunyo misoli katta bir o‘choq:
Ajdodlari kabi har bitta erkak
Unga o‘tin qalab ozroq yo ko‘proq,
Yonib turgan o‘tni asrashi kerak.
Qo‘limda qattiqroq siqilar qalam,
Yuragimga esa umid to‘ladi:
Hayot kitobida bitta bo‘lsa ham
Halol va samimiy satrim qoladi.
Oy – chirog‘i yoniq dunyoga faqat
Yog‘ilsin mehr va muhabbat nuri.
Bu ko‘hna o‘choqqa qo‘shsin harorat
Mening bitiklarim – qalbimning qo‘ri.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
***
Ulkan bir kitobga o‘xshaydi dunyo,
Unga qadam qo‘ygan har bitta odam
Yozmog‘i kerakdir dildan, beriyo
Hamma-hammasini qadam-baqadam.
Bu dunyo misoli katta bir o‘choq:
Ajdodlari kabi har bitta erkak
Unga o‘tin qalab ozroq yo ko‘proq,
Yonib turgan o‘tni asrashi kerak.
Qo‘limda qattiqroq siqilar qalam,
Yuragimga esa umid to‘ladi:
Hayot kitobida bitta bo‘lsa ham
Halol va samimiy satrim qoladi.
Oy – chirog‘i yoniq dunyoga faqat
Yog‘ilsin mehr va muhabbat nuri.
Bu ko‘hna o‘choqqa qo‘shsin harorat
Mening bitiklarim – qalbimning qo‘ri.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1
Bir kosa sut
Hovard maktabdan bo‘shagan paytlari uyma-uy yurib narsa sotadigan faqir bir bola edi. Bir kuni eshikma-eshik ko‘p chopgan bo‘lsa-da, hech narsa sotolmadi. Qorni juda ochqab, holdan toydi. Cho‘ntagidagi o‘n sent hech narsaga yetmasdi.
Nihoyat navbatdagi uydan yegani narsa so‘rashga qaror qildi. Biroq eshikni yosh qiz ochgani sababli uyalib, suv so‘rashga kuchi yetdi xolos. Qiz uning ochqaganini anglagandi. U suv o‘rniga bir kosa sut olib chiqdi. Hovard sutni shoshmay, ho‘plab-ho‘plab ichdi, so‘ng:
– Necha pul bo‘ladi? – deb so‘radi.
Qiz:
– Hech nima kerak emas, tekinga. Onam qilgan yaxshiligingga pul olmagin deb o‘rgatganlar, – deb javob berdi.
Bola:
– Chin ko‘nglimdan rahmat aytaman, – dedi va ketdi.
Yillar ketidan yillar o‘tdi. Hovard dastlab o‘rta maktabni, so‘ng litseyni, keyin esa universitetni tugatdi. Yillar o‘taverdi.
Bir kuni Jon Hopkins universiteti tibbiyot fakultetining ginekologik onkologiya bo‘limiga og‘ir bir xastani olib kelishdi. Qahramonimiz Hovard Kelli bu mashhur tibbiyot dargohining ta’sischilaridan biri edi. Boshqa shifoxonadagi do‘xtirlar bemorni davolash tugul, unga hatto to‘g‘ri tashxis ham qo‘ya olmagan edi.
Do‘xtir Kelli bemorning ma’lumot varaqasini ko‘zdan kechirayotib uning qayerdan kelganini bilgach, xotirasida bolaligi o‘tgan ko‘chalar, mashaqqatli kechmishi jonlandi. Ko‘rikka kirgach esa, xastani bir ko‘rishdayoq tanidi. Bu ayol uzoq yillar oldin unga suv o‘rniga sut bergan o‘sha qiz edi.
Uzoq yillar oldingi yaxshilikni eslagan do‘xtir Kelli bor ilm-mahoratini ishga solib, kasalni davolashga kirishdi. Nihoyat Alloh shifo berdi, ayol og‘ir xastalikdan qutuldi.
Shifoxonadan javob beriladigan kuni ayolni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisob-kitob qilingan qog‘oz rahbarga – Hovard Kelli huzuriga olib kirildi. Hisob qog‘ozini ko‘rgan do‘xtir unga bir narsalar yozdi va qog‘ozni ayolning xonasiga yubordi. Ayol qo‘rqa-pisa qog‘ozni ochdi. Bu singari davolanish juda katta pul turishini u yaxshi bilardi. Bo‘ynimga anchagina katta qarz ilindi deb o‘ylardi u.
Qog‘ozda haqiqatan ham o‘n minglab dollarlik raqamlar yozilgan edi. Biroq uning ostida do‘xtir Kelli imzosi bilan bir izoh yozib qo‘yilgandi:
"Xarajatlar bir kosa sut bilan to‘lab qo‘yilgan".
👉 Ibratli hikoyalardan

Axloqsiz kishi qirq kishining ichida ham koʻzga tashlanib turadi.
Qoʻmiq maqoli
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Qoʻmiq maqoli
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalari
Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Katta-yu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnologiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi xolos.
Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga – meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling, ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz:
1️⃣ Izlash va muloqotdagi qulaylik.
2️⃣ Axborot topish va almashishdagi yengillik.
3️⃣ Shaxsiy tarbiya, oʻzini oʻzi rivojlantirish vositasi.
4️⃣ Biznes yuritishda beminnat yordamchi.
5️⃣ Turli ijtimoiy aksiyalar va yordamlar.
6️⃣ Ijodkorlar va boshqa soha vakillari uchun keng maydon.
Toʻliq oʻqish:
👉 Saytda
👉 Telegraph
🟢 Maqolani ona tili va adabiyot oʻqituvchilariga yuborib qoʻying.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
7-sinf “Ona tili” darsligida bir maqolamga QR kodli havola berilgan. Maqola matnini soʻraganlar, QR kod rasmini joʻnatganlar koʻp boʻldi.
Quyida maqolaning anonsi va toʻliq shakliga havola berilyapti.
Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Katta-yu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnologiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi xolos.
Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga – meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling, ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz:
1️⃣ Izlash va muloqotdagi qulaylik.
2️⃣ Axborot topish va almashishdagi yengillik.
3️⃣ Shaxsiy tarbiya, oʻzini oʻzi rivojlantirish vositasi.
4️⃣ Biznes yuritishda beminnat yordamchi.
5️⃣ Turli ijtimoiy aksiyalar va yordamlar.
6️⃣ Ijodkorlar va boshqa soha vakillari uchun keng maydon.
Toʻliq oʻqish:
👉 Saytda
👉 Telegraph
🟢 Maqolani ona tili va adabiyot oʻqituvchilariga yuborib qoʻying.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Orif Tolib
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalari 7-sinf “Ona tili” darsligida bir maqolamga QR kodli havola berilgan. Maqola matnini soʻraganlar, QR kod rasmini joʻnatganlar koʻp boʻldi. Quyida maqolaning anonsi va toʻliq shakliga havola berilyapti. Axborot asrida zamonaviy…
Eski havola bilan bogʻliq muammo ham bartaraf etildi. Endi QR koddagi havola ham ishlaydi va maqolaga yoʻnaltiradi.
Yangi tanlov eʼlon qilindi
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qildi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 5-oktyabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
• [email protected] elektron pochtasi
• @Jonajontilim_bot telegram boti
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qildi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 5-oktyabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
• [email protected] elektron pochtasi
• @Jonajontilim_bot telegram boti
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining
Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
doktorantura_qabul-2026.pdf
9.2 MB
Doktorantura kvotalari tasdiqlandi
2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura boʻyicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Biriktirilgan faylda qaysi ilmiy muassasaga qaysi ixtisosliklar kesimida nechta oʻrin ajratilgani bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura boʻyicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Biriktirilgan faylda qaysi ilmiy muassasaga qaysi ixtisosliklar kesimida nechta oʻrin ajratilgani bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Mehnat bozori azob-uqubatlari
Yoshlar ishga kirish arizalarini yozish uchun ChatGPT’dan foydalanyapti; kadrlar bo‘limi ularni o‘qish uchun sun’iy idrokdan foydalanyapti; alaloqibat hech kim ishga olinmayapti.
Mendan luqma:
Tabiiy idrokni ham ora-sira ishlatib turaylik, ziyon qilmaydi ))
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Yoshlar ishga kirish arizalarini yozish uchun ChatGPT’dan foydalanyapti; kadrlar bo‘limi ularni o‘qish uchun sun’iy idrokdan foydalanyapti; alaloqibat hech kim ishga olinmayapti.
Mehnat bozoridagi hozirgi vaziyat haqida ekan.
Mendan luqma:
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Tilmoch loyihasiga 150 ming dollar sarmoya kiritildi
AloqaVentures kompaniyasi Tilmoch loyihasiga 60 ming dollar sarmoya kiritdi. Bundan tashqari Yoshlar Venturesning sarmoya ulushi 50 ming dollar, IT Park Venturesniki esa 40 ming dollarni tashkil etdi.
Tilmoch AI turkiy tillar bozorida innovatsion yechim yaratib, xalqaro miqyosda raqobatbardosh SI platformasiga aylanish harakatida. Kiritilgan sarmoyalar loyiha yana bir pogʻona oʻsishiga sababchi boʻladi degan umiddaman.

Forwarded from G'ulomjon Sobirov| Turk tili️
⚡️ 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
🕊 Telegram 📱 Instagram
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Yangiliklardan habardor bo’lish uchun
Kuzatib boring👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣-oktyabr munosabati bilan mukofot beriladi
Xalq taʼlimi tizimi xodimlari 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanadi. Bunda mukofot miqdori direktor jamgʻarmasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib belgilanadi. Yaʼni qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilishi mumkin.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 12-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshliqlariga koʻrsatma xati yoʻllagan. Xatda barcha xodimlar, shu jumladan, texnik-xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ham ushbu bayram munosabati bilan mavjud mablagʻlar doirasida mukofotlash choralarini koʻrish soʻralgan.

Forwarded from Alisher Sadullaev
⁃ 2026-yildan boshlab 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
⁃ kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
⁃ o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
⁃ kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;
- boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat joriy etiladi, sertifikat olganlarga har oy 15% ustama to‘lanadi.
- imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavrlarga 2-malaka, magistrlarga esa 1-malaka toifasi avtomatik beriladi.
- TOP-300 oliygohlarga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.
@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM