tgoop.com/osontil/410
Last Update:
Ingliz tili o'rganyapsizmi, albatta, qaysidir muddat oralig'ida imtihondan o'tib turishingiz kerak. Agar sizni imtihon qilishmayotgan bo'lsa, yoki, imtihondan past baho olgan bo'lsangiz ham o'tkazib yuboradigan markaz yoki ustozda bo'lsangiz undan uzoqlashavering. Chunki bu yo'l sizni oxiri berk ko'chaga olib boradi.
Bu holat ko'pincha 'individual' ya'ni yakka tartibda o'qiydiganlarda ko'p uchraydi. Yakka tartibda o'qiyapsizmi aniq ustoz bilan kelishib oling. Sizga aytsin, siz qilmoqchi bo'lgan narsa odatda yaxshi o'qisangiz qanchada tamom bo'lishini. Kelishdingiz, ammo kelishilgan vaqtda imtihoningiz olinmadi yoki olingan bo'lsa ham kelgan joyingizdan yangi narsalarni o'rganishda davom etsangiz unda siz no'to'gri yo'ldasiz ishoning.
Ha, agar imtihondan o'tolmadingiz va sizga ustozingiz qaytarasan, o'rganganlaringni mustahkamlaysan dedimi, unda siz to'g'ri ustoz bilan birgasiz, Undan ranjimang, aksincha xatolaringiz ustida ishlab, imtihondan ustoz hoxlagan natijani qo'lga kiritishni harakatida bo'ling!
BY IELTS WITH FARHOD
Share with your friend now:
tgoop.com/osontil/410