tgoop.com/pakapak/608
Last Update:
Macbook displeyidan ham katta bo’lgan planshetlarni kutib oling!
Apple bugun taqdimot o’tkazdi. Qanaqa yangiliklar?
- Planshetlarga yangi M4 chipi o’rnatilgan. Hozirda bu Apple’ning eng kuchli chipi. Uning ichidagi neyron protsessor esa 3D-grafika bilan muammosiz ishlaydi, 4K-videolarning fonini esa bir zumda olib tashlashi mumkin
- yangi iPad Air versiyada esa M2 chiplari, avvalgi planshetga nisbatan 50% ga kuchliroq
- Ultra Retina XDR OLED-displeyga ega yangi iPad Pro planshetlari tarixdagi eng ingichka planshetlar nomini oldi: 11 dyuymlik modelning qalinligi 5,3 mm, 13 dyuymlik esa 5,1 mm
- OLED-ekranlarning yorug’ligi 1000 nit o’rtacha rejimda, maksimum esa 1600
- Yangi iPad uchun yangi klaviatura — Magic Keyboard, kattaligi va form-faktori Macbook klaviaturasiga juda o’xshash (Macbooklar kerak emasmi shunda?)
- Apple Pencil Pro ham taqdim etildi, endi unda “siqish” funksiyasi ham bor
Shunaqa gaplar