tgoop.com/pmtests/15263
Last Update:
#kun_savoli_javobi
Muslima yozgan qatordan 2025-raqamni aniqlaymiz: u yozgan dastlabki 9 ta son bir xonali, undan keyingi 90 ta son ikki xonali va undan keyingi sonlar uch xonali. 123....9899 gacha sonlarda 9×1+90×2=189 ta xona bor. Demak, 2025-raqamgacha uch xonali sonlardan yana 612 ta yozamiz. Bu 612+99=711 sonigacha bo'ladi. Chunki, (2025-189):3=612.
Muslimaning qatorida 12345...99100101...710711 gacha yozilsa, jami 9×1+90×2+612×3=2025 bo'ladi. Demak, 2025-raqam 711 soning birlar xonasidagi 1 raqami bo'ladi.
Solihaning qatorida esa 1000 soni 4 xonali va yana kamida 673 ta uch xonali son yozish kerak. Chunki, (2025-4):3=673(2 qold). Demak, 1000-673=327 gacha yozilgan qator necha xonali ekanini tekshirib ko'ramiz:
1000999998997......328327 bu son 1×4+673×3=2023 xonali bo'ladi. Demak, 2025-o'rindagi raqam: 326 sonining o'nlar xonasidagi raqami 2 bo'ladi.
Muslima va Soliha topgan raqamlar yig'indisi 1+2=3 ga teng bo'ladi.
Javob: 3
Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
✅ 🥇Muxtorov Hasanxon
✅ 🥈Nurmatov Asilbek
✅ 🥉G'ofurov Muhammad
Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.
Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.
‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.