tgoop.com/pressaavtoyul/15823
Last Update:
RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Yo'llarda tuman tushganligi sabab Paxtaobod tumani mahalliy yo'llarida yo'l chiziqlari yo'q. Mas'ul xodimlar ushbu muammoni hal qilishda amaliy yordam beringlar" sarlavhasi ostida e'lon qilingan video murojaat yuzasidan Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI quyidagilarni ma'lum qiladi:
Murojaatda ko'rsatilgan yo'l Paxtaobod tumani hududidan o'tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 4K-81 "Paxtaobod-Teraktagi" avtomobil yo'lining 0-4 km qismi bo'lib, mazkur murojaat Paxtaobod tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoitida yo'llarga qalin tuman tushishi sabab transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta'minlash va yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida yo'l yotiq chiziqlari chizilib murojaat tezkor tartibda bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI
Telegram | Instagram | Facebook
BY Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi Matbuot xizmati (rasmiy kanali)

Share with your friend now:
tgoop.com/pressaavtoyul/15823