tgoop.com/promptchi/39
Last Update:
✍️ ChatGPT yordamida shartnomalarni tahlil qilish: Promptlar va Maslahatlar
Shartnomalarni imzolashdan oldin ularni to‘liq tushunish muhimdir. Ko‘pincha shartnomalar murakkab tilda yozilgan bo‘lib, ularni anglash qiyinchilik tug‘diradi. Bunday hollarda sun’iy intellekt vositalari, xususan, ChatGPT, shartnomalarni tahlil qilishda yordam berishi mumkin.
⚡️ChatGPT yordamida shartnomalarni tahlil qilish uchun quyidagi promptlardan foydalanishingiz mumkin:
1. Shartnoma matnining qisqa mazmuni va asosiy shartlarini bilish uchun:
"Quyidagi shartnomaning qisqacha mazmunini va uning asosiy shartlarini tushuntirib ber:"
(Shartnoma matnini shu yerga joylashtiring.)
2. Shartnomaning xavfli yoki riskli joylarini aniqlash uchun:
"Siz mening yuristimsiz. Quyidagi shartnomani yuridik tahlil qilib, uning xavfli yoki riskli joylarini ko‘rsatib bering:"
(Shartnoma matnini shu yerga joylashtiring.)
3. Shartnomaning siz uchun foydali tomonlarini aniqlash uchun:
"Siz mening yuristimsiz. Men ushbu shartnomada [masalan, ijrochi yoki buyurtmachi] tarafman. Iltimos, shartnomaning men uchun foydali tomonlarini aniqlab bering:"
(Shartnoma matnini shu yerga joylashtiring.)
📄 Qo‘shimcha maslahat:
Shartnoma matnini ChatGPT'ga kiritgandan so‘ng, quyidagi promptdan foydalanishingiz mumkin:
"Siz mening yuristimsiz. Iltimos, quyidagi shartnomani yuridik tahlil qilib, uning xavfli, foydali va tushunarsiz joylarini aniqlab bering. Shuningdek, shartnomani yuborgan tarafga muloyim va oddiy tilda, murakkab jargonlarsiz, savollar va e’tirozlar bilan xat yozib bering."
(Shartnoma matnini shu yerga joylashtiring.)
❗️ Eslatma:
ChatGPT tomonidan taqdim etilgan javoblarni tanqidiy ko‘z bilan ko‘rib chiqing va zarur bo‘lsa, qo‘shimcha savollar yoki aniqlashtirishlar uchun yangi promptlar yozing. Shuningdek, muhim huquqiy qarorlar qabul qilishdan oldin professional yurist bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Iltimos, tajribangiz bilan guruhimizda ulashing
@promptchi
BY Prompt Shogird
Share with your friend now:
tgoop.com/promptchi/39