tgoop.com/publish_uz/12942
Last Update:
#firibgarlar
❗️500 dan ortiq mualliflarimiz qurboni bo'lgan va o'zimizning firibgarlar tomonidan ishlab chiqilgan laxatron sxema!
✅ OAK ro'yxatidagi jurnallarning klon veb-saytlarini yaratish, odamlarni aldash orqali o'z biznesini amalga oshiradigan va asosan Telegram ijtimoiy tarmog'ida faoliyat olib boradigan firibgarlar guruhi borligidan xabardor bo'lsangiz kerak.
🚫 Bu firibgarlar dastlab OAK ro'yxatidagi "Berlin Studies - Transnational Journal of Science and Humanities" jurnalining klon veb-saytini yaratib, juda ko'plab sodda va ishonuvchan mualliflarimizni aldashgan.
🌐 Nafslari hakalak otgan bu firibgarlar sal o'tib 2021-yil 1-mart kuni OAK ro'yxatidagi yana bir jurnal - "British Medical Journal" jurnalining klon veb-saytini ishga tushirishgan. Asos: https://www.whois.com/whois/ejournals.id
🎯 "Tuya to'ydi, fil to'ydi Sen to'ymading odamzod" maqolani o'zlari uchun shior qilib olgan firibgarlarimiz biroz vaqt o'tib(2021-yil 2-aprel kuni) navbatdagi OAK ro'yxatidagi "Art of Medicine. International Medical Scientific Journal" jurnalining klon veb-saytini yaratishadi. Asos: https://www.whois.com/whois/artofmedicineimsj.us
⏳Hammasi silliq ketayotganini his qilgan firibgarlarimiz sal o'tib(2021-yil 25-iyun kuni) OAK ro'yxatidagi "Harvard Educational and Scientific Review" jurnalining klon veb-saytini yaratishadi. Asos: https://www.whois.com/whois/journals.company
❗️Eng achinarlisi ushbu jurnallarning rasmiy veb-saytlarida mamlakatimiz mualliflarining birorta ham maqolalari e'lon qilinmagan.
🔍Hozirgi kunda "Berlin Studies - Transnational Journal of Science and Humanities", "British Medical Journal”, “Art of Medicine. International Medical Scientific Journal” va “Harvard Educational and Scientific Review” jurnallari Oliy Attestatsiya Komissiyasining "dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan chiqarilgan.
P.s: Ushbu jurnallarga maqola qabul qiluvchilarning o'zlari aynan shu klon jurnallar veb-saytlarini yaratgan eng katta firibgarlardir!
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashishingizni so'raymiz.
Murojaat: https://www.tgoop.com/publicationu
Telegram: https://www.tgoop.com/publish_uz
BY Publication_uz
Share with your friend now:
tgoop.com/publish_uz/12942