tgoop.com/publish_uz/12961
Last Update:
#scopus
❗️Yakun Siz o'ylaganingizdan ham daxshatli bo'lishi mumkin. To'lov evaziga duch kelgan maqolalarga hammuallif sifatida qo'shilmang! Mualliflik huquqlarining buzilishi jiddiy javobgarlikka olish kelishini unutmang.
🗞 Bir qarashda maqolalar sotish bo'yicha bunaqa axmoqona takliflarga kim ham e'tibor beradi deb o'ylashingiz mumkin.
✅ Bugungi kunda firibgarlarimiz tomonidan nashr jarayonlarini manipulyatsiya qilishning va mualliflarimizni aldashning yangidan-yangi laxatron sxemalari ishlab chiqilmoqda!
💵 Keyingi vaqtlarda firibgarlarimiz tomonidan yuritiladigan ko'plab Telegram kanallarda ilmiy maqolalarni sotish yoki qandaydir mablag' evaziga maqolaga hammuallif sifatida qo'shilish bo'yicha takliflar berilmoqda.
🌐 Ming afsuski bugungi kunda sohada bazaviy tushunchalarga ega bo'lmagan sodda va ishonuvchan mualliflarimizni hamon "scopus" niqobi ostida aldash holatlari davom etmoqda.
🔍 Faktlar shuni ko'rsatmoqdaki firibgarlarimiz tomonidan mualliflarimizga hammuallif sifatida qo'shilishni taklif qilinayotgan yanada aniq qilib aytadigan bo'lsak sotilayotgan ko'plab ilmiy maqolalar allaqachon jurnallarda e'lon qilingan maqolalar bo'lib, firibgarlarimiz tomonidan maqolalarning mualliflari va boshqa ma'lumotlar o'zgartirilgan holda sodda va ishonuvchan mualliflarimizga shunchaki birovning maqolalarini sotishmoqda.
🚫 Bu albatta mualliflik huquqining yuqori darajada buzilishi hisoblanib, potensial jiddiy javobgarlikka tortilishingizga olib kelishi mumkin.
🌐 Ayrim mualliflarimiz sotib olayotgan yoki hammuallif sifatida qo'shilayotgan ilmiy maqolalar(agar ularni ilmiy maqola deb aytish mumkin bo'lsa) jurnallarning klon veb-saytlarida e'lon qilinmoqda.
❗️Eng qiziq tarafi nashr jarayonlarining to'g'ri tashkil qilinmaganligini va potensial riskli jarayonlarga kirishayotganligini juda yaxshi bilgan mualliflarimiz pullarini qo'sh-qo'llab firibgarlarimizga topshirmoqda.
P.s: Ilmiy maqolalar yozish, ularni Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi jurnallarda chop qilish aslida har birimizning funksional vazifamizdir. Nashr jarayonlari to'g'ri tashkil qilish bu vazifamizning asosiy qismlaridan biri ekanligini unutmang!
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashishingizni so'raymiz.
Telegram: https://www.tgoop.com/publish_uz
Murojaat: https://www.tgoop.com/publicationu
BY Publication_uz

Share with your friend now:
tgoop.com/publish_uz/12961