Telegram Web
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Dolzarb_90_kun

🚨Joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

       Shu munosabat bilan bugun, 4-iyul kuni tuman FVB boshlig‘i kapitan S.I.Boybo‘tayev tomonidan Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashgan maktab binosida tuman hokimligi vakillari, Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli maskanlardan, hamda mahalla fuqarolar yig‘inidan mas’ullari ishtirokida o‘quv simlari tashkil qilindi.

        Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun”, belgilanmagan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfligi yuzasidan tushunchalar berilib sohaga oid eslatmalar tarqatilib, vido roliklar namoyish etildi.

      ✍️Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Aksiya
#Ma’rifat va saxovat

⚡️“Ma’rifat va saxovat” karvoni Quyi Chirchiq tumanidagi Abay, Jumag'ul hamda Yulduz mahallalariga tashrif buyurdi. Karvon doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi, tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

📍Oilalarga dori-darmon, gigiyena vositalari, maktab bolalari uchun o‘quv qurollar hamda milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat kitoblar taqdim etildi.

📍Ezgu maqsadga yo‘naltirilgan bu kabi tadbirlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Bildirish #Уведомление

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!
Siz subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishingiz mumkin:

👉 Batafsil
________

Начался приём заявлений на получение субсидий по ипотечным кредитам!

Заявки на получение субсидии по ипотечным кредитам в рамках целевых показателей, установленных на 2025 год, будут приниматься с 09:00 10 июля.

Уважаемые граждане!
Вы можете подать заявку на получение субсидии, выбрав один из следующих способов:
- путём прямого обращения в Центры государственных услуг;

👉
Подробнее

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Murojaatnoma

⚡️Toshkent viloyat fermerlari kengashining mamlakatimiz fermer va dehqonlariga murojaati

📍Hurmatli va aziz fermerlar! Bugungi global iqtisodiy va ekologiyaviy sharoitda dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelish xavfi ortayotgan bir paytda, qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yuqori hosil olish va oziq-ovqat ekinlarini ko‘paytirish muhim vazifaga aylanmoqda. Shu murakkab sharoitda dehqon va fermerlarimiz barchadan ko‘ra mas’uliyatli va fidokorona mehnat qilmoqda.

BATAFSIL 👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Dolzarb_90_kun

"Xo‘japiskon" MAHALLASIDA "DOLZARB 90 KUNLIK" TADBIR

"Xo‘japiskon" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida

☑️ 46-maktabda 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish borasida aniq ish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir yosh mazkur loyiha doirasidagi sport va targ‘ibot tadbirlariga qamrab olinishi belgilangan va tadbirlarimiz boshlandi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Yoz o‘tmoqda soz" shiori ostida sportning  voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada 35 nafar  qiz bolalar va o‘g‘il bolalar ishtirok etdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
🚨Joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

       ⚡️Shu munosabat bilan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholi xonadonlari, ishlab chiqarish korxonalari, soğlomlashtirish maydonchalar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, qurilish obyektlari  bozorlar va savdo do‘konlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
      Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining sozligi, evakuatsiya yo‘llarining ochiqligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganligi holati nazoratdan o‘tkazilib, ishchi xodimlarga maxsus o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilmoqda.
✍️Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
2025/07/13 04:30:11
Back to Top
HTML Embed Code: