tgoop.com/rahimovschool/681
Last Update:
🌳 Serhosil olma daraxti
Kichik qizim bilan ajoyib bir ishni yoʻlga qoʻyganmiz. Har kuni ertalab qizimning qoʻliga olma daraxti chizilgan varoq beraman. Daraxtda 15 ta olma tasvirlangan boʻladi. Qizimga agar yaxshi ish qilsa, bitta olmani qizil rangga, agar quloqsizlik qilsa, oʻrtoqlari, aka-opalari bilan janjallashsa yoki shunga oʻxshash ayb ish qilsa, bitta olmani qora rangga boʻyab qoʻyishini aytaman.
Kechqurun yotishdan oldin birgalikda qizil va qora olmalarni sanab chiqamiz. Agar qizil olmalar qora olmalardan koʻp boʻlsa, demak, shu kuni qizim yaxshi qiz boʻlgan boʻladi. Men unga mukofot tariqasida 10 000 soʻm beraman. U pullarni qutichasiga solib qoʻyadi.
Bu usul menga qizimni tarbiyalashda juda qoʻl keladi. Ham qizim yomon odatlardan xalos bo’ladi, ham qizimga mukofot berib uni xursand qilaman, kerak boʻlganda oʻzining ehtiyojlari uchun qutichasidagi jamgʻarmasidan sarf qilamiz. Qizim qutichasini toʻlishi uchun doim yaxshi ishlar qilishga odatlandi. Bu “olma daraxti” ning hosili juda barakali boʻldi.
📚“Farzand tarbiyasida 700 saboq” kitobidan
@RahimovSchool
BY Rahimov School
Share with your friend now:
tgoop.com/rahimovschool/681