RASSOMLAR Telegram 2431
​​Millionta atirgul
(yoki qo‘shiqqa aylangan muhabbat tarixi)

Avval, tanish gaplardan boshlaymiz: Alla Pugachyova ijrosidagi Million alvon atirgullar qo'shig'ini ko'pchilik eshitgan. Ammo uning ortida kambag'al rassomning go'zal aktrisaga bo‘lgan haqiqiy sevgi hikoyasi borligini esa hamma ham bilmaydi.

Niko Pirosmani - gruzin rassomi, primitivizm asoschilaridan biri, 1863 yil 5 mayda Tiflis viloyati Mirzaaniy qishlog'ida tug'ulgan. Umrining ko'p qismini kambag'allik va nochorlikda o'tkazib, turli xil oddiy ishlarda ishlagan. Pirosmani surat chizishni mustaqil, uyida o'zi o'rgangan.

Rassom hayoti bilan bog‘liq ba'zi afsonalar yuradi. Ulardan eng mashhuri va qizig‘i, albatta, mana shunisi:
Kunlardan bir kuni gruzin gazetalarida Parijning "Belle Vue" miniatyura teatrining qo'shiqchisi va aktrisasi Margarita de Servning chiqishlari haqida e'lonlar beriladi. Niko Pirosmani uni birinchi marta afishada ko'rgan va sevib qolgan. Aynan o'sha yillarda u "Aktrisa Margarita" suratini chizgan.
(pastda ilova qilingan asar)

Tug'ilgan kunida Pirosmani o'z tavernasini va butun mol-mulkini sotib, undan tushgan pulga shahardagi barcha gullarni sotib oladi. Gullar 9 ta vagonga joylashtiriladi. Ular orasida faqat atirgullar emas, nilufar, akatsiya, do'lana, begoniya, anemonlar, liliyalar, ko'knorilar, pionlar to'g'ridan-to'g'ri aktrisa joylashgan mehmonxona yo'llaklariga tushurilib joylashtiriladi. Aktrisa unga taklifnoma yuboradi, ammo rassom uchrashuvga boraolmaydi. Margarita esa bu vaqt ichida shahardan chiqib ketadi. Mish-mishlarga ko'ra, u badavlat muxlisi bilan ketgan va Gruziyaga boshqa tashrif buyurmagan, deyishadi.

1968 yilda Luvrda Niko Pirosmani rasmlari ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Aytishlaricha, bir keksa ayol Margarita portreti oldida uzoq vaqt tikilib qolgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, bu o'sha Margarita de Sevr bo‘lgan emish. Pirosmanining bu harakati hamon ijod ahlini ilhomlantiradi.

@rassomlar

tgoop.com/rassomlar/2431
Create:
Last Update:

BY Rassomlar

Share with your friend now:
tgoop.com/rassomlar/2431

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to Create a Private or Public Channel on Telegram? But a Telegram statement also said: "Any requests related to political censorship or limiting human rights such as the rights to free speech or assembly are not and will not be considered." The optimal dimension of the avatar on Telegram is 512px by 512px, and it’s recommended to use PNG format to deliver an unpixelated avatar. Activate up to 20 bots 2How to set up a Telegram channel? (A step-by-step tutorial)
from us

Telegram Rassomlar
FROM American