RASSOMLAR Telegram 2984
Forwarded from Rassomlar
​​Margaret D.H. Kin

Asl ismi Peggi Doris Xokins bo'lgan rassom bizga "Ulkan ko'zlar" filmi orqali juda yaxshi tanish. U 1927 yil 15 sentabrda Neshvill, Tennessi shtatida tug'ilgan. Uning uslubi ayollar, bolalar, hayvonlar obrazini yakka yoki aralash muhitda yirik ko'zlar bilan tasvirlaganligi bilan ajralib turadi. Shu uslubda chizilgan rasmlarni bosma shaklda nusxa tushirish yo'li bilan likopchalar va stakanlarda tasvirlab ishlangan arzon reproduktsiyalar yaratilishi tufayli ish tijorat yutuqlariga erishgan. Va bu o'z navbatida tanqidchilar tomonidan ham anchayin yaxshi fikrlar oqimini vujudga kelishiga sabab bo'la oldi.

60-yillarda Margaret Valter Kin nomi ostida asarlarni sotgan. 1970 yilda esa u o'z asarlarining haqiqiy muallifligini rasman e'lon qiladi, shundan so'ng sudda sobiq turmush o'rtog'iga qarshi gapirishga majbur bo'ladi. Sud rassomning muallifligini tan oladi.

2014 yilda Tim Burtonning "Ulkan ko'zlar (Big Eyes)" avtobiografik tipdagi filmi namoyishidan so'ng Margaret Kinning ishiga qiziqish yana paydo bo'ldi. Margaret Kin San-Frantsiskoda dunyodagi eng katta Kin asarlari to'plamiga ega bo'lgan galereyaga asos solgan.

Uslub shakllanishida buvisi, shuningdek muqaddas kitob "Bibliya" mutolaasi ham ta'sir qilgan. 70-yillarda u "Iegova guvohlari" diniy tashkilotining a'zosi ham bo'lgan. Rassomning so'zlariga ko'ra, bu "hayotini yaxshi tomonga o'zgartirdi".

60-yillarning boshlarida, Margaret Kinning asarlari jamiyatda "ayol rassomlar ijodiga beparvolik" tufayli ikkinchi eri Valter Kin nomi ostida shuhrat qozongan va sotilgan. 1964 yilda Margaret "pinhona muhit"dan chiqib, Gavayiga yo'l oladi va 27 yil shu yerda yashaydi. 1965 yilda Valter bilan ajrashadi. 1970 yilda uchinchi marta yozuvchi Dan MakGuirga turmishga chiqadi. Xuddi shu yili, Margaret sotilgan barcha asarlari eri, Valter Kin nomi ostida chizganligini e'lon qiladi. Keyinchalik u soxtalashtirishni rad etgan sobiq turmush o'rtog'ini sudga beradi. Sud eshituvida sudya Margaret va Valterdan ko'zlari katta xarakterli bolaning portretini chizib berishlarini talab qildi. Valter yelkasi og'riyotganligi, shuning uchun rasm chiza olmasligini aytib, talabni rad etadi. Margaret esa 53 daqiqada sud qarshisida rasm chizadi. Uch hafta davom etgan sud muhokamalaridan so'ng sud rassomga 4 million dollar tovon puli to'lanishi kerak, degan qaror qabul qiladi. 1990 yilda Federal Apellyatsiya sudi tuhmat to'g'risidagi hukmni tasdiqladi, ammo berilgan kompensatsiyani qaytarilishini rad etgan. Margaret Kin yangi sudga murojaat qilmagan.

Bu haqda o'zi shunday deydi:
"Menga pul kerak emas. Men shunchaki hamma rasmlar meniki ekanligini bilishini istadim".

Siz bu ma'lumotlarni internetdan topishingiz mumkin. Shuningdek, "Ulkan ko'zlar" kinofilmi orqali ham bilib olish imkoniga egasiz. Film hayotiy voqealarga asoslangan.
Ushbu rassom haqida eslatgani uchun Ustoz Akbarovga "Rassomlar" kanali jamoasi o'z minnatdorchiligini bildiradi.

@Rassomlar

tgoop.com/rassomlar/2984
Create:
Last Update:

BY Rassomlar

Share with your friend now:
tgoop.com/rassomlar/2984

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to Create a Private or Public Channel on Telegram? It’s easy to create a Telegram channel via desktop app or mobile app (for Android and iOS): Those being doxxed include outgoing Chief Executive Carrie Lam Cheng Yuet-ngor, Chung and police assistant commissioner Joe Chan Tung, who heads police's cyber security and technology crime bureau. To delete a channel with over 1,000 subscribers, you need to contact user support Telegram iOS app: In the “Chats” tab, click the new message icon in the right upper corner. Select “New Channel.”
from us

Telegram Rassomlar
FROM American