tgoop.com/rjukarshi/13832
Last Update:
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2025-yil 11-fevraldagi 7-25 “s” sonli ijroiya qo‘mita qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 8-Mart – “Xalqaro Xotin-Qizlar kuni” munosabati bilan Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur bellashuvda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
✅ Qarshi MTU filiali
✅ Qarshi stansiyasi
✅ Qarshi Vagon deposi filiali
✅ Qarshi Lokomotiv deposi filiali
✅ Qarshi temir yo‘l masofasi filiali
✅ Qarshi Elektr ta’minoti masofasi filiali
✅ Qarshi Signalizatsiya va aloqa masofasi filiali
O‘yin qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. G‘oliblik Qarshi MTU filiali jamoasiga nasib etdi! Qarshi Lokomotiv deposi filiali ikkinchi o‘rinni, Qarshi Signalizatsiya va aloqa masofasi filiali esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini ko‘chma kubogi ham birinchi o‘rinni egallagan Qarshi MTU filiali jamoasiga topshirildi.
Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi intellektual bellashuvlarda omad tilaymiz!
🔹 #zakovat
🔹 #8martxotinqizlarkuni
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar
👉@qarshimtuyoshlar👈