tgoop.com/sanitationuz/1699
Last Update:
Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) ishtirokidagi “Jizzax viloyatida joylashgan maishiy chiqindi poligonidagi gazlarni qisqartirish” istiqbolli loyihasi amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning sentabrida Ekologiya vazirligi “K-eco” kompaniyasi bilan Jizzax viloyatida chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
Unga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 6,6 million dollar bo‘lib, grant mablag‘lari hisobidan, uch bosqichda Maydontol, Dang‘ara va Sharof Rashidov tumanlaridagi poligonlarda yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirda ushbu hamkorlar Jizzax viloyatida bo‘lib, o‘zaro kelishilgan hududlarning chiqindilar bo‘yicha kunlik quvvati bilan joyida tanishishmoqda.
Unda chiqindi poligonida qazish, chiqindini tuproq bilan qoplash va elektr energiya ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreyada issiqxona gazlarini kamaytirish, chiqindi gazlarini yig‘ish va elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalarining uzluksizligi muhokama qilindi.
Sanitation.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube