tgoop.com/shshermatov/619
Last Update:
⚡️Yaxshi xabar: O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog'ona ko'tarilganini inobatga olsa 2 ta reytingda umumiy 24 pog'onaga ko'tarildi.
🌐 BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi "UN E-Government Survey"ning 2024-yilgi natijalari "Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e'lon qilindi.
📈Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi.
✅ O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.
🇺🇿 Ushbu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi.
BY Sherzod Shermatov
Share with your friend now:
tgoop.com/shshermatov/619