tgoop.com/shunchaki_haqiqat/11922
Last Update:
Kinolarda insonlar qanday qilib tug‘ilgan kunini unutishi mumkin deb hayron qolardim. Ulg‘ayganimdan so‘ng bu tabiiy hol ekanligini tushuna boshlayapman. Tinimsiz ish, mehnat, ming xil o‘ylar insonning xotirasini aylantirib yuborar ekan. Ayniqsa bu yoshing o‘tgani sari juda bilinadi. Lekin shu o‘rinda bir narsaga ishonchim komil bo‘ldi, men tug‘ilgan kunimni yaqin orada unutmayman. Bunga esa albatta ota-onam sababchi. Hatto esimizni tanishimizdan oldin har birimizning tug‘ilgan kunimizga alohida eʼtibor berib, har doim kichik bo‘lsada bayram tashkil qilib berishgan. Biz uchun bu kunlar xotiramizning bir burchagidan allaqachon chuqur joy olgan. Bolalikdagi xotiralar uzoq vaqt yodimizda qoladi. Bu uchun albatta ularga rahmat aytaman!
BY Shunchaki haqiqat
Share with your friend now:
tgoop.com/shunchaki_haqiqat/11922