tgoop.com/soliq_Live/12029
Last Update:
Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi o‘rtasida memorandum imzolandi
Ma’lumki, bugungi kunda jamiyatimizda ayollarni rolini oshirish, ularning tashabbuslarini hamda tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi “Tadbirkor ayollar klubi” hamda O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi va Buxoro viloyati soliq boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi “Tadbirkor ayollar klubi” hamda O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi boshqaruv raisi M.Sodiqova hamda Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov ishtirok etib, memorandum doirasida tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash ayollar uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish, ularga moliyaviy va huquqiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tushuntirish va o‘quv dasturlarini tashkil etish, tadbirkor ayollarga soliq siyosatini tushuntirish bo‘yicha tegishli tushunchalar berish borasida kelishib oldilar.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Share with your friend now:
tgoop.com/soliq_Live/12029