Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
13293 - Telegram Web
Telegram Web
#hayat

Tanqidiy xulosa va qonun ustuvorligi

Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazilib, unda joriy yilning I yarim yilligi, jumladan II chorak soliq tushumlarining tezkor tahlili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida”gi taqdimnomasi tanqidiy muhokama etildi.

Yigʻilishda qoʻmita va hududiy soliq idoralari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Bosh Prokuratura masʼullari ishtirok etdi.

Joriy yilning I yarim yilligi va II chorak yakuni bilan budjetga soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga, hududlarda 26 foizga oʻsganligi qayd etildi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar, korxonabay va mahallabay ishlash institutlari samaradorligi hamda soliq bazasini kengaytirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, prokuratura organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan II chorakda hududlarda foyda soligʻi tushumi – 44 foizga va QQS - 40 foizga oʻsganligi eʼtirof etildi.

Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida budjetga qoʻshimcha daromadlarni jalb etish topshirigʻi, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha Surxondaryo, Jizzax, Xorazm, Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari tushumi boʻyicha Andijon va Qashqadaryo viloyatlari hamda jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha Fargʻona viloyati soliq idoralarida yetarli darajada ish tashkil etilmaganligi koʻrsatib berildi.

Shuningdek, soliq xavfi asosida tadbirkorlik subyektlarini tekshiruvlarga segmentlash, soliq nazorati tadbirlarini tashkil etish, oʻtkazish, natijalarini koʻrib chiqish, moliyaviy jarimalarni qoʻllash hamda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyilishidagi kamchiliklar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining taqdimnomasi asosida aniq misollar bilan tanqidiy koʻrib chiqildi.

Muhokama natijalari bilan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, budjetga tegishli har bir soʻm mablagʻlarni joyiga undirish, aybdor xodimlarga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvlarini yakuniga yetkazib, tegishli jazo choralarini belgilashga qaror qilindi.

Hayʼat yigʻilishida soliq tushumlari yuqori oʻsish darajasini III chorakda ham saqlab qolish, soliq bazasini kengaytirish hisobiga mahalliy budjetlar daromadini oshirish, soliq qarzi va ortiqcha toʻlov summalarini keskin kamaytirish, yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish, tizimda korrupsiya holatlarini mutlaqo bartaraf etish, moliyaviy jarimalarni qoʻllashda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish ustuvorligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda manzilli vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#xarid_qilish_dalolatnomasi

Elektron xarid qilish dalolatnomalari: biznes uchun yanada shaffoflik va qulaylik

Ma’lumki, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari, 2025-yil 1-martdan esa eksportyorlar jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olganda xarid qilish dalolatnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning natijasida bozor talablari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining realizatsiya hajmini tizimli tahlil qilish imkoni yaratildi.

Muhim❗️Xarid qilish dalolatnomalarini shakllantirishda sotuvchi jismoniy shaxsning JSHSHIR raqamini ko‘rsatish talab qilinmaydi.


2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra:
🔹258 ta umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan 180 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 91 mlrd so‘mga sotib olgan;
🔹215 ta eksportyor tashkilotlar 87 turdagi shunday mahsulotlarni 2 trln so‘mdan ortiq summaga xarid qilgan.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan eng ko‘p xarid qilingan mahsulotlar:
mol go‘shti – 349 tonna, 37,1 mlrd so‘m;
qo‘y go‘shti – 91 tonna, 11,2 mlrd so‘m;
guruch – 193 tonna, 4,7 mlrd so‘m;
pomidor – 223 tonna, 4,5 mlrd so‘m.

Eksportyorlar orasida eng talabgor mahsulotlar:
gilos – 16,2 ming tonna, 384,6 mlrd so‘m;
olma – 80,1 ming tonna, 248,8 mlrd so‘m;
quritilgan mevalar – 11,5 ming tonna, 178,1 mlrd so‘m;
o'rik – 19,4 ming tonna, 175,3 mlrd so‘m.

Xarid qilish dalolatnomalarini elektron shaklda joriy etish hujjat aylanmasini soddalashtirdi va oshkoralikni oshirdi. Bu mexanizm daromadlarni legallashtirish, ochiq bozorni shakllantirish va agrar sohada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
__________
#акт_закупки

Электронные акты закупки: больше прозрачности и удобства для бизнеса

Как известно, с 1 декабря 2024 года предприятия общественного питания, а с 1 марта этого года экспортеры, закупающие сельскохозяйственную продукцию у физических лиц, могут оформлять акты закупки в электронной форме. Благодаря этому становится возможным системный анализ рыночного спроса и объемов реализации сельхозпродукции.

Важно❗️При формировании акта закупки не требуется указывать ПИНФЛ продавца-физического лица.


По состоянию на 1 июля 2025 года:
🔹253 предприятий общепита закупили у физлиц 180 видов сельхозпродукции на 91 млрд сумов;
🔹215 организаций-экспортеров закупили 87 видов такой продукции на сумму более 2 трлн сумов.

Самая востребованная продукция у предприятий общепита:
говядина - 349 тонн на 37,1 млрд сумов;
баранина - 91 тонн на 11,2 млрд сумов;
рис - 193 тонн на 4,7 млрд сумов;
помидоры - 223 тонн на 4,5 млрд сумов.

У экспортеров:
черешня - 16,2 тыс. тонн на 384,6 млрд сумов.
яблоки - 80,1 тыс. тонн на 248,8 млрд сумов;
сухофрукты - 11,5 тыс. тонн на 178,1 млрд сумов;
абрикос - 19,4 тыс. тонн на 175,3 млрд сумов;

Введение электронной формы актов закупки позволило упростить документооборот и повысить прозрачность. Данный механизм способствует легализации доходов, формированию открытого рынка и развитию цифровой экономики в аграрной сфере.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI TADBIRKORLIKNI BOSHLASH VA BIZNESINI KENGAYTIRISH ISTAGIDAGI ISHBILARMONLARGA QULAY TAKLIFLARNI TAVSIYA QILADI

Ko'chma savdo joylari "E-auksion" elektron savdo platformasida 36 oy muddatga sotiladi.


🔘 Kogon shahrida 367 tа
▪️ Buxoro tumanida 183 tа
🔘 Kogon tumanida 50 tа
▪️ Vobkent tumanida 80 tа
🔘 Romitan tumanida 285 tа
▪️ Gʻijduvon tumanida 387 tа
🔘 Jondor tumanida 77 tа
▪️ Qorovulbozor tumanida 116 tа
🔘 Qorako‘l tumanida 191 tа
▪️ Olot tumanida 112 tа
🔘 Peshku tumanida 89 tа
▪️ Shofirkon tumanida 111 tа

Eslatma!
Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin.

Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)

+998992072604 +998992073604 +998773757420

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#Uchrashuv
#Buxoro_shahar

Tadbirkorlarning muammolari joyida hal etildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatdagi tadbirkorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rganish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar uyushtirib kelinmoqda.

Ana shunday yuzma-yuz uchrashuvlarning navbatdagisi bugun Buxoro shahar tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Djamshid Nurullayev ishtirok etib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

30 nafarga yaqin kichik va o‘rta biznes vakillari hamda hisobchilar ishtirok etgan uchrashuvda ishbilarmonlarning ayrim muammolari shu yerning o‘zida mutaxassislar tomonidan ijobiy hal etildi.

Jumladan, uchrashuvda 2 nafar tadbirkorning soliq imtiyozlaridan foydalanish va qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan ortiqcha to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#hamkorlik

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari Buxoroda soliq siyosati va maʼmuriyatchiligining yuritilishi bilan tanishdi

Avval xabar berilganidek, mamlakatimizda soliq siyosati va maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasida mazkur hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev boshchiligidagi qo‘mita mas’ullari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda boshqarma rahbariyati va bo‘lim boshliqlari mehmonlarni amaldagi soliq siyosati va maʼmuriyatchiligi bilan yaqindan tanishtirib, tizim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berdilar.

Yakunda missiya o‘rganishlarining natijalarini muhokama qilish uchun qo‘shimcha uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍2
#onlayn_muloqot
#Bugun

Bugun 4-iyul Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyatimiz tadbirkorlari bilan onlayn muloqot o‘tkazadi.

Onlayn muloqotda tadbirkorlar o‘z muammolari va taklifini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga yo‘llashi mumkin.

Maqsadimiz – viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish.


👉 Bog‘lanish uchun https://us05web.zoom.us/j/7310773255?pwd=UUJhcUNWL0xXZUI0NFZoOUtoaVJJUT09 havolasiga kiring.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍2
#royxatdan_otish

Yuridik shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tishda nimalarga e’tibor berishi kerak?

Yuridik shaxslar yuridik manzilini o‘zgartirganda yoki qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish yoki ajratib chiqarish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgartirilganda soliq majburiyatlarining bajarilishi tekshiriladi va quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:

- yuridik shaxsning BHMning 50 barobaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi;

- amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi;

- soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi.

Agar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli qayta ro‘yxatdan o‘tish rad etilgan bo‘lsa, kamchiliklar bartaraf etilgach, Davlat xizmatlari markazlariga qayta murojaat qilish mumkin.

👉VMQ-66-son, 09.02.2017-yil

Biroq ba’zi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq nazoratidan qochish, shubhali tovar aylanmalarini amalga oshirish maqsadida bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yoki boshqa tadbirkorlik subyekti tarkibiga qo‘shib yuborishga urinish holatlari ko‘paymoqda.

Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra bunday noqonuniy xatti-harakatlar tezda aniqlanib, qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun:
2025 yil yanvar-iyun oylarida jami 9 413 ta tadbirkorlik sub’yekti ko‘chish va qo‘shilish bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
Shundan:
- 7 045 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan;
- 2 368 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan.

2025-yil iyun oyining o‘zida yuridik shaxslarning 699 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan va 130 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan, biroq, 1 436 ta holatda korxonalar yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri kelganligi sababli rad javobi berilgan.
_______________
#регистрация

Перерегистрация юридических лиц: что нужно знать?

Юридическим лицам при смене юридического адреса или при реорганизации (слияние, присоединение, преобразование, разделение, выделение) следует пройти перерегистрацию в Центрах государственных услуг.

❗️При изменении регистрационных данных проверяется исполнение налоговых обязательств и может быть отказано на основании:

- наличия налоговой задолженности, превышающей 50-кратный БРВ;

- неполного отражения
в налоговой отчетности объемов товарооборота и объема реализации импортированных товаров;

- несвоевременной сдачи налоговой отчетности.

В случае отказа в перерегистрации из-за несоответствия данным критериям, можно повторно обратиться в Центры государственных услуг после устранения недочетов.

👉ПКМ№66 от 09.02.2017г.

Однако с целью уклонения от налогового контроля и осуществления теневого товарооборота некоторыми субъектами предпринимательства все чаще предпринимаются попытки смены региона регистрации либо присоединения к другим юридическим лицам.

В результате проведенного налоговыми органами анализа, подобные незаконные действия оперативно выявляются, и в соответствии с требованиями законодательства по ним принимаются соответствующие меры.

Для справки:
▫️ в январе-июне 2025 года в связи с реорганизацией и изменением места нахождения перерегистрированы 9 413 юрлиц, из них:
- у
7 045 - изменен юридический адрес;
- 2 368
- реорганизованы в форме присоединения.


▫️только в июне 2025 года:
- 699 - юрлиц перерегистрированы по новому адресу;
- 130 - реорганизованы в форме присоединения к другим юрлицам;
- в
1 436 случаях было отказано для исправления недостатков.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

“Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!”

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#uchrashuv

Ochiq muloqot orqali — islohot sari

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehmonxona sohasi, muvofiqlikni baholovchi va audit idoralari vakillari ishtirokida ochiq muloqot boshlandi.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Bu uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan eng dolzarb muammolar, sohadagi tizimli kamchiliklar va ularning yechimi bevosita mutaxassislar va rahbarlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Qiziq yangiliklar, fikrlar va amaliy takliflar — bir vaqtning o‘zida 👉jonli efirda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
2025/07/13 21:10:41
Back to Top
HTML Embed Code: