Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
13294 - Telegram Web
Telegram Web
#ozini_ozi_band_qilish #taksi

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

👉 batafsil bilib oling

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍3
📣Diqqat, e'lon!

Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev joriy yil 🗓 4-iyul kuni soat 11:00 da
Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.


📍Manzil: Buxoro shahar: Soliq boshqarmasi binosida.

Muloqotda tadbirkorlarining taklif va muammolari o‘rganilib, ularning faoliyatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍3
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Elektron to‘lov tizimi qamrovi kengaymoqda

Vazirlar Mahkamasining "Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab

Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda elektron to‘lov tizimlariga ulanadi hamda to‘lovlarni ular orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

❗️Yuqorida keltirilgan yuridik shaxslar tomonidan to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilishni rad etish hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etishga tenglashtiriladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi uchun asos bo‘ladi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKТ

🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

📲Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍4
Yoshlar oʻrtasidagi XXIX Osiyo chempionati – 2025 gʻoliblari taqdirlandi

Joriy yilning 26-iyun – 2-iyul kunlari Toshkent shahri mezbonlik qilgan stol tennis boʻyicha yoshlar oʻrtasida XXIX Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

«Humo Arena» sport majmuasida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada Osiyoning 21 davlatidan 400 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar ishtirok etdi.

Mazkur chempionat nafaqat sportchilar uchun muhim sinov maydoni, balki yosh isteʼdodlar uchun jahon arenasi sari yoʻl ochuvchi muhim musobaqa boʻldi.

Gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimida Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi, Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi rahbariyati va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida Xitoylik sportchilar eng koʻp medallarni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Xitoy taypeyi, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya vakillari eng yuqori natijalarni koʻrsatdi.

Mazkur chempionat Oʻzbekistonning xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya #uchrashuv

Buxoro viloyati boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari hamda HMQ organlar vakillari tomonidan soliq inspeksiyalari va tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, navbatdagi ana shunday tadbir Jondor tumani soliq inspeksiyasi hamda hududdagi bir qator tadbirkorlik subyektlarida ham uyushtirildi.

Dastlab soliq xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ularga korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Savdo majmualarida maishiy korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlarda yashirin iqtisodiyotni oldini olish, korrupsiyaviy holatlar yuzasidan soliq organlarining tegishli bo‘limlariga xabar berish tartiblari to‘g‘risida keng tushuntirishlar olib borildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoki sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorliklarga QQSning 80%i qaytariladi

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
👉
PQ-207-son, 26.06.2025-yil.

Qarorga muvofiq:

Zargarlik sohasida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

▫️qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga doir imtiyoz bekor qilinadi;

Amalda mazkur aylanma QQSdan ozod qilingan.
👉
Soliq kodeksi 243-modda

▫️Shuningdek, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im bekor qilinadi;

Ma’lumot uchun, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im miqdori har yili qonunchilikda belgilangan tartibda 1 grammi uchun tasdiqlanadi.

▫️zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari daromadidan qatʼi nazar, QQS to‘lovchilari sifatida tan olinadi.

2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar QQS bazasini zargarlik buyumlari hamda yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi bilan ularning tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlaydi. Bunda:

▫️zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxidan faqat "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ hamda birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallar narxi hamda import qilingan qimmatbaho toshlar narxi chegirib tashlashga ruxsat etiladi;

▫️zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadigan narxlarga muvofiq hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan 2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik tarzda respublika budjetidan qaytarilishi belgilandi.

Ushbu tartib yuqoridagi subyektlar tomonidan soliq davrida jami daromadining kamida 80 foizi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va chakana savdo qilishdan olingan taqdirda tatbiq etiladi.

2025 yil 1-sentabrdan boshlab:

▫️yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar haqida "Soliq" mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Samarali nazorat tizimini joriy etish maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar:

▫️Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va soliq organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda ular birinchi marta ogohlantiriladi;

▫️ogohlantirishdan so‘ng bir oy ichida huquqbuzarlik bartaraf etilmasa yoki takroran aniqlansa, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazishga asos bo‘ladi;

▫️sayyor soliq tekshiruvi faqat qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘tkaziladi hamda tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olinib, Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi;

▫️Sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va qaror tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqlarni_to‘lash_konstitutsiyaviy_burch

"Vatan ravnaqi va xalq farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilaman".

“Har bir to‘langan soliq ortida — sidqidil xizmat va vatanga sadoqat turadi.”


❗️Unutmang! Siz to‘lagan soliqlar — farzandlarimiz ta’limi, elning tinchligi va yurtning taraqqiyoti demakdir!

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👏4
#onlayn_muloqot

Navbatdagi onlayn muloqot 🗓4-iyulda!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyatimiz tadbirkorlari bilan onlayn muloqot o‘tkazadi.

Onlayn muloqotda tadbirkorlar o‘z muammolari va taklifini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga yo‘llashi mumkin.

Maqsadimiz – viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish.


👉 Bog‘lanish uchun https://us05web.zoom.us/j/7310773255?pwd=UUJhcUNWL0xXZUI0NFZoOUtoaVJJUT09 havolasiga kiring.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
2025/07/13 12:35:27
Back to Top
HTML Embed Code: