tgoop.com/soliqnews/12240
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi
Soliq qonunchiligiga 2024-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2023-yilga nisbatan 11% foizga indeksatsiya qilindi.
Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi:
🔹umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,31%.
🔹shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,41%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,55%;
▫️boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,41%.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.
Shu bilan birgalikda, soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.
Yaʼni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.
Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.
Baholovchilar reestrini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida quyidagi havola orqali topish mumkin.
👉 https://davaktiv.uz/uz/menu/baholovchilar-reestri
Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, jismoniy shaxslar soʻnggi 2 yil davomida baholovchi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkni baholash natijalaridan mol-mulk soligʻi bazasini aniqlashda foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat tartibi jismoniy shaxslar egaligidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari hamda minoralar, koʻpriklar (estakadalar), rezervuarlar (oʻt oʻchirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) ga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Share with your friend now:
tgoop.com/soliqnews/12240