tgoop.com/soliqnews/13473
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi
“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)
Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:
Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %
🟦o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %
❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.
Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.
Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.
Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Share with your friend now:
tgoop.com/soliqnews/13473