tgoop.com/soliqnews/14728
Last Update:
#konstitutsiya
,,Konstitutsiya ko‘chasi"da soliq burchagi
Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi.
Shu jumladan, "Soliq burchagi" tashkil etilib, soliq organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar, tizimda amalga oshirilayotgan tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirishga doir ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi hamda aholiga soliq sohasidagi imtiyozlar, "Soliq" mobil ilovasi va uning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.
Ta‘kidlanganidek, konstitutsiya inson hayotining barcha yo‘nalishlarida uning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatib beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Unga amal qilish esa har bir fuqaroning burchidir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads