tgoop.com/soliqnews/14734
Last Update:
#8_dekabr #konstitutsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak boʻlsin!
Milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlida shu kungacha erishilgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy poydevori Konstitutsiyamiz ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan asosiy tamoyillardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emasligi amalda isbotini topmoqda.
Xususan har bir davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi, xalq bilan doimiy muloqot qilish faoliyatimizning mezoni etib belgilandi.
Barcha mansabdor shaxslar quyi boʻgʻinga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ishonch bilan aytamanki, Inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan Konstitutsiyamizga tayangan holda barchamiz birgalikda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz va jonajon Oʻzbekiston rivoji yoʻlida koʻzlagan yuksak marralarga albatta erishamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo’mitasi Raisi
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Share with your friend now:
tgoop.com/soliqnews/14734