tgoop.com/soliqnews/7577
Last Update:
#e_ijara
“Soliq” mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin
🧑💼Jismoniy shaxslar uchun “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Hisobga qo‘yish ilovaning "Ijaraga berish" menyusida Face ID (insonning yuz ko‘rinishi) orqali amalga oshiriladi.
📱Ilovada:
👉“Ijarani ro‘yxatga olish”
👉“Ijarani tasdiqlash”
👉“Ijaralar ro‘yxati”
👉“Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limlari mavjud.
🏠Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijaraga berilayotgan obyekt maydoni, ijara davri, ijara summasi va ijaraga olayotgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilishi lozim.
Ijaraga oluvchi jismoniy shaxs jo‘natilgan maʼlumotlarni tekshirib, "Tasdiqlash" tugmasini bosgandan so‘ng avtomatik ravishda ijara shartnomasi soliq organida hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma shakllanadi.
👨🎓Ilovaning “Talabalarga ijaraga berish” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.
Bunda, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari (F.I.O, manzili, oliy o‘quv yurtining nomi, fakulteti va bosqichi ) avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.
⚙️Face ID dan tashqari ERI va oneID orqali ham ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Share with your friend now:
tgoop.com/soliqnews/7577