STUDENT_STUDYGROUP Telegram 723
Davlat oliygohlaridagi Professor -o‘qituvchilarning nodavlat oliygohlarga "ko‘chish" davri boshlandi (2-qism)

Oxirgi vaqtlarda universitet, institut o'qituvchilaridan tizimda byurokratiya ko'paygani, avvalgi vazir Abduqodir Toshqulov davrida bekor qilingan qator keraksiz tekshiruvlar yana qayta boshlangani haqida xatlar olyapman.

Kecha ana shunday tekshir-tekshirlar va byurokratiya sabab universitetdagi ishini xususiy ta'lim muassasasiga almashtirgan bir o'qituvchi bilan gaplashib qoldim.

Filologiya fanlari doktori, professor bo'lgan olimimizning aytishicha, shunday "ortga qaytishlar" sabab 2023-yilning o'zida u ishlayotgan universitetni 6 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodi tark etgan.
Quyida suhbat davomida eslab qolganim va olimlarni davlat ta'lim muassasalaridan sovutayotgan omillardan bir nechtasini sanab o'tmoqchiman.

1. Filologik taʼlimda kutilgan Innovatsiya amalga oshirilmadi.
2. Taʼlim sifati koʻtarilmadi va, hatto, muammo oʻlaroq, bir marta ham kun tartibiga qoʻyilmadi.
3. Ilgʻor fikrlar kesiladi, tashabbuslar boʻgʻiladi, yangiliklar e'tiborga olinmaydi.
4. Boshqaruvda ayirmachilik va nepotizm kuchayib ketdi.
5. Qoʻl boshqaruvi ustuvorlashdi.
6. Piar (xoʻjakoʻrsin ishlar, koʼzboʻyamachilik) avjiga chiqdi.
7. "Istalmagan shaxs"lar paydo boʻldi va ular muttasil taʼqib qilinmoqda.
8. Rahbariyat "istalmagan shaxs"lar gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlamaydi, mehnatlari koʻzga ilinmaydi, ular oldiga sunʼiy toʻsiqlar qoʻyiladi.
9. Isteʼdodli olimlar universitetni tark etishmoqda yoki ketkazilmoqda, aksar xodimlarda inert kayfiyat, loqaydlik shakllandi.
10. Laganbardorlik va xushomadgoʻylik muqim ishlab qolish shartiga aylandi.
11. Nosogʻlom muhit shakllandi (gʻiybat, fisq-fasod, chaqimchilik, hasad, oʻch olish, badnom qilish).
12. Universitet kengashi amalda bir ovozli boʻlib qoldi.
13. Xorij eshiklari "istalmagan shaxs"lar uchun yopildi. Xalqaro aloqalarda bu holat yaqqol kuzatiladi.
14. Boshqaruv toʻliq lavozimiga nomunosib kadrlar qoʻliga oʻtdi.
15. Ilgʻor xorijiy tajribalar oʻrganilmadi va oʻzlashtirilmadi. Aksar hollarda taʼlim mazmuni, usul va vositalari 80-yillar darajasida qoldi.
16. Ilmning obroʻyi, olimlarning qadri butunlay tushib ketdi. Dissertatsiyalar boʻyicha himoya kengashlari tarkibi "yumshoq" olimlardan iborat qilib qoʻyildi. Ijtimoiy foydali tadqiqotlarga deyarli yoʻl yoʻq
.

Bir necha kun avval taniqli biolog olim Baxtiyor Sheraliyev ham o'zi ishlayotgan universitetda byurokratiya yana ko'payib ketayotgani (masalan, o'qituvchilar yillik, oylik, haftalik va kunlik ish rejalari haqida rahbariyatga hisobot berib turishi bo'yicha yangi topshiriq olingani) va shu tufayli boshqa ishga o'tmoqchi ekani haqida post joylagandi.

Agar oliy ta'lim tizimida ko'zlagan maqsadlarimizdan voz kechmagan bo'lsak, dasturlar asosida 2030-yilgacha qilgan rejalarimizga hali ham erishmoqchi bo'lsak, tizimni tezkorlik bilan qayta ko'rish, byurokratiyasiz ish qilolmaydigan rahbarlardan voz kechish talab qilinadi. Ular qanchalik qadrli shaxslar bo'lmasin. Qaytaraman, agar maqsad chindan islohotlarni davom ettirish bo'lsa - deya yozmoqda Ilyos Safarov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/student_studygroup/723
Create:
Last Update:

BY Student-Study Group (Rasmiy)

Share with your friend now:
tgoop.com/student_studygroup/723

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Each account can create up to 10 public channels A Hong Kong protester with a petrol bomb. File photo: Dylan Hollingsworth/HKFP. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) The SUCK Channel on Telegram, with a message saying some content has been removed by the police. Photo: Telegram screenshot.
from us

Telegram Student-Study Group (Rasmiy)
FROM American