tgoop.com/surxoneko/21554
Last Update:
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Sherabod tumanida joylashgan “Shalqon” qishlog’idagi yalangliklarda ikki nafar fuqaroga tog’dan tushib kelgan och bo’rilar hujum qilib yeganligi boʻyicha eʼlon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Tarmoqlarga tarqalgan va aholida vahima uyg’otgan ushbu voqea aslida Rossiya Federatsiyasiyaning Volgagrad viloyatida sodir bo’lgan.
Xabarda qayd etilgan “Shalqon”, “Vandob”, “Kampirtepa” qishloqlarining tog’larida yashovchi yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan. Ma’lumot o’rnida qishning qahraton sovuq kunlarida qo’riqxonada muntazam ravishda yovvoyi hayvonlar uchun biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, yovvoyi hayvonlar uchrovchi joylarga ozuqabop yemlar hamda hashaklar qo’yib chiqiladi.. Shuningdek, xabarda ilova qilingan rasmlar ham ushbu holat Surxondaryo viloyatida sodir bo’lmaganligini ko’rsatib turibti. Sababi murojaatda belgilangan hududlarda joriy yil hisobidan qor tushmaganligini ma'lum qilamiz. .
Ijtimoiy tarmoq faollaridan har qanday xabarlarga ishonmasliklarini, holatga ishonch hosil qilmasdan turib xulosa chiqarmasliklarini va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
BY Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
Share with your friend now:
tgoop.com/surxoneko/21554