tgoop.com/surxoneko/25345
Last Update:
Rasmiy munosabat.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida yo‘lbars yovvoyi hayvoni yuribdi mazmunidagi e’lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, Sariosiyo tumanida aytilayotgan videotasvirlar aslida Rossiya Federatsiyasining Kemerova shahri yaqinida olingan. (https://youtube.com/shorts/hIwdag6qI90?si=l91w_wtGBBxABiWj)
Eslatib o‘tamiz, yurtimiz hududida shu jumladan, Surxondaryo viloyatida hozirgi kunda yo‘lbars hayvoni mavjud emas.
Ma’lumot o‘rnida, Sariosiyo tog‘larida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ida Jayra, Qo‘ng‘ir ayiq, Qor qoploni , Olako‘zan, O‘rta Osiyo qunduzi, Olmaxon, Sibir tog‘ echkisi , Tipratikan, Turkiston silovsini, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, qizil sug‘ur, tog‘ suvsari, quyon, yovvoyi cho‘chqa kabi yovvoyi hayvonlardan iborat.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan har xil videotasvirlar va xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
BY Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
Share with your friend now:
tgoop.com/surxoneko/25345