tgoop.com/surxoneko/25450
Last Update:
Oʻrganishda Qumqo’rg’on tumani Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish bo’limida ilgari rahbar bo’lib ishlagan Q. T joriy yilning 23-noyabr sanasida bo’limning ma’muriy binosining orqa tomonida mavjud bo’lgan, o’suvchanligini yo’qotmagan to’nka oldi diametri 4 smgacha 15 tup tut, 4.1-8 smgacha 58 tup tut, 8,1-12 smgacha 16 tup tut va 4 smgacha 1 tup gilos daraxtlarini tag qismidan noqonuniy ravishda kesganligi holati aniqlandi.
Daraxtlarni tag qismidan kesib tashlash oqibatida O’zbekiston Respublikasining “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 37-moddasi talabi buzilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo’rg’on tumani “Qorsoqli” mahallasida yashovchi fuqaro Q.T ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 79-moddasining 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari – 9 million 375 ming so’m miqdorida jarima belgilandi. Fuqaroning o’zboshimchalik bilan tut daraxtlarini kesishi oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 50 million 625 ming so’mni tashkil etadi.
Shuningdek, kesilgan har bir tup uchun 100 tupdan daraxt ekib, 3 yil.davomida parvarishlab berish.majburiyati ham yuklatildi
Bundan tashqari murojaatda takidlangan Termiz tumanida 61 tup daraxtlarni noqonuniy kesilishiga doir holat bo’yicha hozirda sud jaayonlari davom etayotganligini ma’lum qilamiz.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
BY Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
Share with your friend now:
tgoop.com/surxoneko/25450