tgoop.com/tashkent_modernism/1424
Last Update:
Yurtimizdagi aholining katta qismi “poyga oʻynab ketayotganlarga” oʻxshab qayergadir 150 km/soat tezlikda shoshayotgandek goʻyo. Qahramonlar, havas qiladiganlarimiz – mashinasi bor (u salgina premium segmentroq boʻlsa, undan ham battar) adrenalinchi, gap-soʻzi soʻkinish-u qoʻpol muomala va kibr, oʻziga manfaatli boʻlsa, birdan ibratli videodagi personajga aylanib oladigan yangi oʻzbekistonlik.
U yoʻllarda bosssib haydashini videoga oladi, oʻziga oʻxshaganlarga maqtanadi, ijtimoiy tarmoqqa jarimalarini maqtanib qoʻyadi, qisqasi – bosar-tusarini bilmaydi. Chunki jarimalar, jazolardan qoʻrqmaydi. Muammo haqida yozsang, oʻzicha topib olgan navbatchi bahonalari bilan “whataboutism” (nega buni gapiryapsiz-u, bunga jimsiz deyish) qiladiganlar ham potensial shu toifada.
Yoʻlda esa shunday olifta, bez personajlar va budjetni ozuqa zanjiridek koʻruvchi (yoʻllar sharoiti, piyodalar xavfsizligiga panja ortidan qaraydigan) ayrim mas’ullar kasriga oʻzbekistonliklar qirilib ketyapti. Ular orasida hali umrining 10-15 yilini ham yashamagan bolalar borligi qoʻrqinchli.
• yoʻl harakati xavfsizligiga doir qonunlar qayta koʻrib chiqilishi;
• jarimalar jiddiy va organlar bunda qat’iyatli boʻlishi;
• balli tizimni ishga tushirish;
• qoidabuzarlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
• YTH qurbonlari bilan bogʻliq holatlarni odam oʻldirish darajasida baholash.
Transport vositasi – oliftalik, maqtanchoqlik, poyga oʻyinlari vositasi emas, u mas’uliyat. Tirikchilik vositasi ekanligi sizni mas’uliyatdan ozod qilmaydi.
#Qachongacha oʻzbekistonliklar yoʻllarda halok boʻladi? Biz tinch davrda urushdagidek qurbonlar berishimiz #Qachongacha davom etadi?
@mirzo_zominiy