TASHQARIDAUZ Telegram 378
Umidsiz Rossiya

Kecha uzoq parvozda edim. Qo’ngach yangiliklarni o’qiganimda Aleksey Navalniyning o’limi haqidagi xabarlarga nima uchundir ishonmadim, bir necha manbadan tekshirgachgina miyam qabul qildi. Navalniyga nisbatan hech qanday simpatiyam yo’q, hatto yoqtirmayman ham, lekin Putin rejimi baribir bunchalikka bormasa kerak deb hisoblardim.

Ukrainada ikki yildan buyon o’n minglab odamlarni qirayotgan rejimga bitta odamni qatl qilish nima bo’libdi, deyishingiz mumkin. Lekin bu odam o’z oyog’i bilan kelib o’zini tutqunlikka topshirgan va ahvoli o’zgarishi Rossiyaning G’arb davlatlari bilan buzilib bo’lgan aloqalarini yanada orqaga suradigan shaxs edi.

Albatta, Putin hatta okkupatsiya boshlaganidan keyin ham G’arb bilan dialogni yig’ishtirib qo’ymagan, hatto qaysidir ma’noda hisob berishi ham saqlangan edi. Biroq urush sharoitida doimiy faoliyat yuritish, sanksiyalarga nisbatan immunitet hosil bo’lishi, urush iqtisodiyoti Putinning yanada izolyatsiyaga kirib, G’arbning fikriga umuman e’tibor qaratmaydigan darajaga olib keldi. Balki shuning uchun ham bemalol qatlga qo’yib berildi.

Navalniy hokimiyatga kelgan taqdirda Rossiya ham yaxshi, ham yomon tomonga qanday o’zgarishi mumkinligi haqida uzoq mulohaza yuritish mumkin. Biroq shuni aytish mumkinki, Navalniyning Rossiyaga qaytish qarori xato bo’lgan fikrda ko’proq jon bor. Navalniy xorijda bo’lsa ham aktiv holatda, qanchalik g’alati eshitilmasin, tirik holatda Rossiyaga foydaliroq edi. Propaganda onglarni zaharlayotgan bir paytda antipropagandaga juda usta edi.

Rossiyaning hozirgi holati SSSRdan ham ayanchliroq va umidsizroq tuyuladi. Rejimga qarshilarning aksariyati mamlakatni tark etgan, ichkarida qolganlari qamoqda, yoki o’ldiriladi. Saylovda biroz imkoniyati bor ko’rilgan nomzod Boris Nadejdinni qo’llab-quvvatlash orqali passiv qarshilik ko’rsatish hech qanday foyda bermaydi. Rossiyaning o’zgarishi va normal davlatga aylanishiga umidlar afsuski tugab boryapti.

Rossiya bunday holatda, qanchalik balandparvoz qilib aytilmasin, G’arbdan va dunyo hamjamiyatidan ko’ra yon-atrofidagi davlatlarga ziyonliroq va tahdidliroqdir. Ukrainaga qilingan va qilinayotgan agressiyadan Rossiya o’zi ta’rif beradigan “yaqin xorij” davlatlarining birortasi kafolatlanmagan. Va bunga yo’l qo’ymaslik uchun bu davlatlar dadil pozitsiyada turishi, kerak bo’lsa harakatlarini muvofiqlashtirib birgalikda ishlashi lozim.

@tashqaridaUZ

tgoop.com/tashqaridaUZ/378
Create:
Last Update:

BY Ташқарида

Share with your friend now:
tgoop.com/tashqaridaUZ/378

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

A new window will come up. Enter your channel name and bio. (See the character limits above.) Click “Create.” Ng, who had pleaded not guilty to all charges, had been detained for more than 20 months. His channel was said to have contained around 120 messages and photos that incited others to vandalise pro-government shops and commit criminal damage targeting police stations. Hashtags are a fast way to find the correct information on social media. To put your content out there, be sure to add hashtags to each post. We have two intelligent tips to give you: Deputy District Judge Peter Hui sentenced computer technician Ng Man-ho on Thursday, a month after the 27-year-old, who ran a Telegram group called SUCK Channel, was found guilty of seven charges of conspiring to incite others to commit illegal acts during the 2019 extradition bill protests and subsequent months. How to Create a Private or Public Channel on Telegram?
from us

Telegram Ташқарида
FROM American