tgoop.com/taskinbooks/1017
Last Update:
Xudo der...
Quvgan ham Xudo der,
Qochgan ham Xudo!
Xudo deganlarga
Xudo yor bo‘lsin!
Kaftimga to‘ldirib
Joyladim duo,
Dunyo ishqing bilan
Intizor bo‘lsin!
Senday teng kelarmi
Mehribonlikda,
O‘zingday tinglovchi,
Do‘st bormi yakkash.
Senday bor yo‘q aslo,
Mudom borliqda.
Sendayin yor topilmas
Dilrabo,Dilkash!
Milliard mo‘minning
Eng oqsoq biri,
Qavmning gardiman,
Ey oliy she’rim!
Bir kun tuproq tug‘gan
Gulga ko‘milgum,
Mehrga loyiq ko‘r,
Ko‘ngilning to‘ri!
Dunyoga tinchlikni
So‘rashdan avval,
O‘zimga insof ber,
Hammaga qo‘shib.
Iymoni rost bergin
Har kimga tugal
Yig‘isiz bomdod ber,
Shom ber,beqirg‘in!
Kuygan ham Xudo der,
Kuydirgani ham!
Seni tanimagan ko‘zga
Shifo ber!
Yaratding fitnalar
Uydirganni ham,
Dardi bor dunyoga
O‘zing davo ber!
Nafisa Omon
@Taskinbooks
BY Taskin Books
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/nZZZw6aEA5n9tumJeVvBDKPb8HYLepjNjftnfA01e6hDT3xMPgiaoImgeDeKT0zVqFw_PLu4OqEjQIDb20yIe-tdP77b5zkbgDptNSIrGYKZfpeNpzJgeTfog6pSlqh5FGLfuOMc0JWQa0tiwuPnPGcftSGAFS2GP9huaw9e5MRf8y9QZAwJlZsqlV9ymPPyoKbuPS64vh3J51DdUlV1fxeayb70PI-btMtuwhkTJMqqN0h5ew60Uo0al5UKvualV_ZJyudMEJfFO7f4xFRfTY_Um8GZ688nRctgKeMqd7jGIlveNI_cbeMcSWN0zGkDjuWw2twzLRSav_I0lXWiOA.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/taskinbooks/1017