tgoop.com/tdiofficial/7302
Last Update:
"Tibbiyot turizmining joriy holati va tendensiyalari" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy vebinar
🔹Tibbiyot turizmi sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarni taklif etamiz!
🔹Vebinar tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
🔹Tadbir davomida yetakchi soha mutaxassislari dolzarb ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashib, tibbiy turizm rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan global tendensiyalar va innovatsiyalar haqida so‘z yuritadilar. Shuningdek, xorijiy bemorlarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
🔹O‘tkazilish sanasi va vaqti: 2025-yil 7-mart, 15:00 da (Toshkent vaqti bilan)
🔹O‘tkazish shakli: onlayn (ZOOM platformasi)
🔹Vebinar tili: o‘zbek, rus, ingliz
BY Turizmni rivojlantirish instituti

Share with your friend now:
tgoop.com/tdiofficial/7302