tgoop.com/tginfo_uz/5504
Create:
Last Update:
Last Update:
KUYDIM
Men ishq elining nola-yu afg‘onida kuydim.
Ko‘ngil uyining otashi armonida kuydim.
Mehrin tilabon o‘tsa agar oshiqi zorlar,
Mehrimni berib men esa tovonida kuydim.
Mushkul edi yo‘l, ranj ila izhorig‘a yetdim,
Sizlar ko‘yida, men esa domonida kuydim.
Tashbehiga, holim budurur, o‘zga qiyos yo‘q,
Soch tolasiday choki giribonida kuydim.
Ishq ahli firog‘inda fig‘on etsa agar, men
Yonida yurib, yonida hijronida kuydim.
Dunyoyi azalning g‘azaliy matla’i buldur:
Boshlab hama ishni oni poyonida kuydim.
Ham mehnati, ham minnati, ham zahmati — borin
Jon jomig‘a jamlab, dag‘i ummonida kuydim.
Sirojiddin Sayyid
1988 yil.
@sherla
BY She`rlar Olami !
Share with your friend now:
tgoop.com/tginfo_uz/5504