tgoop.com/toshkent_shaharDSB/14773
Last Update:
#Konstitutsiya
🔷O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida joylarda tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Poytaxtimizdagi Sayilgoh ko‘chasida "Konstitusiya ko‘chasi" nomli ramziy darvoza tiklanib, bayram tadbiri o'tkazildi va har bir davlat organining o‘z burchaklari tashkil etilgan holda fuqarolarga huquqlari bevosita soha egalari tomonidan tushuntirildi.
Hududda "Soliq burchagi" ham tashkil etilib, unda soliq organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq, shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan turli tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirishga doir ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi hamda aholiga soliq sohasidagi imtiyozlar, "Soliq" mobil ilovasi va uning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.
Konstitutsiya inson hayotining barcha yo‘nalishlarida uning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatib beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Unga amal qilish esa har bir fuqaroning burchidir.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
BY TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
Share with your friend now:
tgoop.com/toshkent_shaharDSB/14773