tgoop.com/toshkenttumanihokimligi/27175
Last Update:
#Jarayon
Dala madaniyati-fermer majburiyati
Dehqonchilik madaniyati – bu qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha bajariladigan tadbirlarning dehqonchilik qonun-qoidalari, agrotexnologiya meʼyorlari va agrotexnika talablariga muvofiqlik darajasini belgilaydigan mezon.
Dehqonchilik madaniyati bir tomondan, fermer xoʻjaliklarida dehqonchilik yuritish darajasi va sifatini bildirsa, ikkinchidan, fermerlar va agronomlarning dehqonchilikka oid bilim va tajribalari, ularni qoʻllash mahorati, malakasi hamda bu yoʻnalishda nafaqat fermerlar, agronomlar, balki barcha qishloq xoʻjalik xodimlari va mutaxassislarining vazifalari, majburiyatlarini ifodalaydi.
Fermerning eng muhim vazifasi – belgilab qoʻyilgan agrotexnologik, meliorativ, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar majmuini bajarish yoʻli bilan, yaʼni oqilona dehqonchilik tizimiga amal qilish orqali tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda ekinlardan yuqori hosil olishdan iborat.
Aynan shu maqsadda ayni kunlarda Toshkent tumanidagi dehqon va fermer xoʻjaliklari rahbarlari, dala chetlarini va ichlarini turli xil chiqindilardan tozalash, dala chetlaridan unumli foydalanish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida terak daraxti koʻchatlarini ekish ishlarini amalga oshirmoqdalar.