tgoop.com/toshkenttumanihokimligi/27310
Last Update:
#Sayyor_qabul
Kalas mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi
Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev joriy yil 4-fevral sanasidagi fuqarolar qabulini, 1-sektor hududidagi Kalas mahallasida oʻtkazdi. Sayyor qabul mahalla idorasi binosida boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi Kalas mahallasi yettiligi hisoboti ham eshitildi.
Qabulni tuman hokimi bilan birgalikda Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedov oʻtkazdi. Unda tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ham qatnashdilar.
Hisobot tadbiriga, 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev, hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari va boshqa masʼullar taklif qilinib, hisobot mahalla fuqarolari ishtirokida eshitildi.
Sayyor qabul davomida 30 dan ziyod fuqaroning elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ijtimoiy himoya va jarimalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 15 tasi joyida hal qilindi, 9 tasi masʼullarga biriktirildi qolgan 4 tasi tuman hokimi nazoratiga olindi.
Qabuldan soʻng tuman hokimi bir guruh mutasaddilar bilan Kalas mahallasi koʻchalarini aylanib, aholining tomorqasidan foydalanishi tartibi, koʻcha chetlarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirdi.
Kalas mahallasini oʻrganish davomida S.Ergashev mahalla raisi va hokim yordamchisiga aholini tomorqadan toʻgʻri va unumli foydalanishga oʻrgatish, koʻcha chetlarini tartibga keltirish boʻyicha bir qator topshiriqlar berdi.