tgoop.com/toshvilpressa/47266
Create:
Last Update:
Last Update:
VILOYAT HOJILARINING DASTLABKI KARVONI VATANGA QAYTISHDI
Bu yil Oʻzbekistondan 15 mingdan ziyod kishi Haj ibodatini toʻla-toʻkis ado etib qaytishmoqda.
Toshkent viloyatining dastlabki karvoni ona-Vatanimizga sogʻ-salomat yetib kelishdi. Ularni Toshkent viloyati hokimligi masʼullari va boshqalar kutib olishdi.
Eslatib oʻtamiz, viloyatdan 1000 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz Haj ziyoratida boʻlishdi.