tgoop.com/ubamatbuot/2091
Last Update:
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hududida quyosh panellari o‘rnatildi.
2023 dekabrdan 2024 yilning oktyabr oyigacha Assotsiatsiya hududida 2 011 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Shulardan 1 893 tasi Assotsiatsiya hududida bo‘lsa, binoning gumbaz qismida 54 ta hamda tom qismida 64 ta quyosh panellari joylashtirilgan.
Assotsiatsiya hududida o‘rnatilgan quyosh panellari 2024 yilning 3 choragida 293,2 ming kVt elektr energiyasini ishlab chiqargan. Bundan 212,1 ming kVt elektr energiya ichki talabni qondirgan. Ortib qolgan 81,2 ming kVt energiyani esa, shahar elektr tarmog‘iga uzatilgan.
Maʼlumot uchun, quyosh energiyasi texnik tomondan qulay, atrof-muhitni mutlaqo ifloslantirmaydigan yagona energiya manbai hisoblanadi. Oxirgi o‘n yillikda quyosh energiyasidan foydalanish butun dunyoda ortib bormoqda. Quyosh panellari 300 kundan ortiq quyoshli ob-havosiga ega O‘zbekiston iqlimi uchun samarali natija beradi.
Shu mavzudagi maqola “Народное слово” gazetasining 13.11.2024 sanasidagi № 230 sonida chop etildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
BY O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
Share with your friend now:
tgoop.com/ubamatbuot/2091