Notice: file_put_contents(): Write of 1303 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50

Warning: file_put_contents(): Only 16384 of 17687 bytes written, possibly out of free disk space in /var/www/tgoop/post.php on line 50
UFQ@ufq_horizon P.298
UFQ_HORIZON Telegram 298
Bag‘dodning Qulashi

Islom tarixida Bag‘dodning qulashi eng yirik fojialardan biri (agar eng fojialisi bo'lmasa) deyish mumkin. Bu voqea 1258-yilda Xulaguxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar tomonidan amalga oshirildi va Abbosiylar xalifaligining yakunlanishiga sabab bo'ldi.

Bag‘dod, Abbosiy xalifaligi davrida nafaqat siyosiy, balki ilmiy va madaniy markaz ham edi. "Bayt al-Hikma" (Donishmandlik uyi) kabi markazlar dunyo ilm-fani uchun yangi ufqlarni ochdi. Bu yerda yunon falsafasi arab tiliga tarjima qilinib, keyinchalik Yevropaga yetkazildi. Al-Farobiy, Ibn Sino, va Al-Xorazmiy kabi buyuk allomalarning samarali faoliyati Bag‘dod ilmiy muhitining mahsuli edi.

To'g'ri, bu O'rta Asrlar edi, unda kuchlilar kuchsizlarni bosib olar edi. Ammo jahongirlar orasida ilm-fan va madaniyatni qadrlaguvchi, hududni egallasada, madaniyat va aqliy mulkni tirik qoldirganlar ham bo'lgan. Afsuski, mo'g'ullar bu hisobga kirmas edi. Yovvoyi va ko'chmanchi mo'g'ullar egallangan yerlarda o'rnashgachgina biroz ko'proq madaniy taraqqiyotdan bahramand bo'ldilar.

Mo‘g‘ullar hujumi natijasida:
1. Ilmiy va Madaniy Boyliklar Yo‘qoldi: Minglab kitoblar Dajla daryosiga tashlandi va tarixiy asarlar abadiy yo‘qoldi.
2. Musulmon olamining siyosiy birligi parokanda bo‘ldi: Abbosiylar davlati qulagach, Islom olamida siyosiy parchalanish kuchaydi.
3. Ilmiy Faollik Pasaydi: Bag‘dodning qulashi musulmonlar ilmiy markaz sifatidagi mavqeini zaiflashtirdi, asta-sekin jaholat qayta boshladi va keyingi asrlarda Yevropa uyg‘onish davriga asos soladigan ilm-fan manbalarini o‘zlashtirib, oldinlab ketdi.

Agar Bag‘dod Qulamaganda...
- Musulmonlar dunyo ilm-fani va texnologiyasida hozirgi zamonga qadar yetakchi bo‘lib qolishi mumkin edi.
- Islom olamidagi siyosiy birlik saqlangan holda, katta imperiyalar shakllanishi va global siyosatda yanada kuchli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lar edi.
- Bag‘dod madaniy muloqot uchun markaz bo‘lib qolishi, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalarga yanada katta hissa qo‘shishiga sabab bo'lardi.

Bag‘dod yana yuksala olarmikan?
Bag‘dodning hozirgi ahvoliga qarab, u qachondir yana Islom madaniyati va ilm-fani markaziga aylanarmikin, deb o'yga cho'madi kishi. Ha, bu ish amalga oshishi uchun bugungi ummatdan chuqur ixlos, tinimsiz harakat talab etilsa kerak.

@ufq_horizon
👍9🙏72🐳2🔥1

tgoop.com/ufq_horizon/298
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/298

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Public channels are public to the internet, regardless of whether or not they are subscribed. A public channel is displayed in search results and has a short address (link). How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Other crimes that the SUCK Channel incited under Ng’s watch included using corrosive chemicals to make explosives and causing grievous bodily harm with intent. The court also found Ng responsible for calling on people to assist protesters who clashed violently with police at several universities in November 2019. best-secure-messaging-apps-shutterstock-1892950018.jpg There have been several contributions to the group with members posting voice notes of screaming, yelling, groaning, and wailing in different rhythms and pitches. Calling out the “degenerate” community or the crypto obsessives that engage in high-risk trading, Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared this group on his Twitter. He wrote: “hey degen, are you stressed? Just let it out all out. Voice only tg channel for screaming”.
from us

Telegram UFQ
FROM American