Telegram Web
📋 Soʻrovnoma!

Ovozlashtirilayotgan Qur’oni Karimning ma’nolari tarjimasiga arabiy qiroat qoʻshishni ham reja qilgandim. Ya’ni, har bir oyat qiorati va keyin oʻzbekcha ma’nosidagi nutq ketadi. Meni ovozim bilan qaysi qorining qiroati bir biriga mos kombinatsiya qiladi deb oʻylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring…
Omar Xalil
📋 Soʻrovnoma! Ovozlashtirilayotgan Qur’oni Karimning ma’nolari tarjimasiga arabiy qiroat qoʻshishni ham reja qilgandim. Ya’ni, har bir oyat qiorati va keyin oʻzbekcha ma’nosidagi nutq ketadi. Meni ovozim bilan qaysi qorining qiroati bir biriga mos kombinatsiya…
Soʻrovnomaga fikr bildirganlarga minnatdorchiligimni izhor qilib qolaman. Muxlislarimiz koʻplab qorilarni tavsiya qilishdi. Ularni orasida oʻzimizning qorilar boʻlgani yaxshi deganlar ham boʻlsa, ba’zilar xalqaro masshtabdagi qorilarni ma’qul deb topishdi. Qorilar koʻpligidan ovozimga mos boʻlganini tanlab olishga qiynaldik. Shu boisdan barcha qorilarni ommaviy soʻrovnomaga qoʻyib ovoz toʻplashga qaror qildik.

Soʻrovnomaning birinchi bosqichida oʻzbek va xalqaro darajadagi qorilar kategoriyasi taqdim etib, ma’lum bir toifani ajratib olamiz. Keyingisida esa tanlangan kategoriya boʻyicha qorilarning nomlarini soʻrovga qoʻyamiz.

Bu muhim❗️

Tanlanayotgan qorining bizga kerakli boʻlgan 114 suraning sifatli audioyozuvi boʻlishi kerak. Ovoz berayotganda shunisiga e’tibor berishingizni soʻraymiz.
Qur’oni Karim ma’nolarining oʻzbekcha tarjimasini ovozlashtirishda qaysi qorilar toifasini ovoz tembirimga mos deb hisoblaysiz?
Anonymous Poll
53%
Xalqaro qorilar
47%
Oʻzbek qorilari
Umrimda kitob oʻqigan odammasman. Yoshim 35 da. 18 yoshimdan boshlab koʻcha hayotiga qiziqib, koʻp qizlar bilan gaplashdim. Hatto bir beva ayol bilan norasmiy er-xotin boʻlib ham yashagan paytim boʻldi. Eng kuchga toʻlgan paytim va qizlar atrofimda tekindan besh battar edi. Ulfatlar, qulluq qilganlar koʻp boʻlardi. Sababi, koʻchadagi “Разборкалар”ni hal qilardim. Asosiy kunim tungi klubda qizlar bilan kayf-u safo qilish bilan oʻtardi. Keyinchalik bu hayotdan zerikib rusga ishlashga kettim. Musofirlikda yurib bu hayotdan ham zerikdim. Endi haqiqiy halol turmush qurib yangi hayot boshlayman deganimda negadir hech qaysi sovchilik amalga oshmayapti. Onam qayerga bormasinlar hech kim qizini uzatishga roʻyxushlik bermayapti. Musofirlikda Omar Xalilning bir nechta hikoyalarini tinglagandim. Shu orqali taniganim uchun yaqinda “Muhabbat madrasasi” kitobini koʻrib qoldim. Qiziqib sotib oldim va oʻqishni boshlaganimda “Shaharlik ot” haqidagi qismini oʻqiboq toʻxtadim. Qaniydi, shu kitobga 10 yil avval duch kelganimda…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasvirga olish jarayonida koʻpincha operativ xotira bilan ishlayman. Natijada shu kabi holatlar roʻy beradi 😁

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kabi ilmiy va ijtimoiy tadbirlarda koʻp qatnashganman. Aksariyatida muammolar, shikoyatlar, takliflar, fikrlar va gʻoyalar hamma tomonidan gapirilaveradiyu, ammo shuncha gapni manzili yoki nishoni yoʻq oʻqqa oʻxshataman. Huddiki, tadbirlarda ham oʻzimizni ishongimiz yoki ayta olmayotgan gaplarimiz uchun aldab oʻtiradiganga oʻxshaymiz. Hamid Sodiq aka oʻzi bilan oʻzi rostlik haqidagi iboraga amal qiladigan kam sonli ziyolilardan deb bilaman.

👉 @umarhalil 👈
Robbim...
Omar Xalil
Ushbu baytlarni Mohigul Habib ismli bir shogirdimning oʻzi bitgan ekan. Juda ta’sirli misralar yozibdi, barakalla.

👉 @umarhalil 👈
Shu vaqtgacha ovozlashtirgan kitoblarimizdan qaysilarini tinglab koʻrdingiz? Qaysi audiokitob sizda sezilarli taassurot qoldirdi? Audiokitoblarimiz haqida fikr va tanqidiy muloxazalar boʻlsa izohlarda yozib qoldirishingizni soʻrab qolamiz.

👉 @umarhalil 👈
Odam oʻz tasavvurlarining qurboni boʻlishi juda ogʻir jarayon ekan. Sen yaxshi deb bilganinga yaxshilik va oliyjanoblik qilaverasan. U senga garchi hurmatsizlik va beqadr munosabatda boʻlganda ham, yana oʻsha eski tasavvurlaring uni yaxshilikka yoyishni boshlayveradi. Natijada sening qimmating oyoqosti boʻlaveradi. Hatto, u uchun juda qulay “ahmoq” boʻlib qolganingnida payqamay yashayverasan. Meni yaxshi koʻradi, meni hurmat qiladi degan aldamchi tasavvurlaring seni haqiqatni anglashinga parda boʻlib turaveradi. Axiyri bu yolgʻon tasavvurlarning natijasi yuzinga chunonan tarsaki tushuradiki, goʻyo uyqudan uygʻonib koʻzlari moshdek ochilgan gʻofil kabi yashayotganingni, aslida senga boʻlgan munosabat mutlaqo boshqa oʻzanga qarab ketib boʻlganini koʻrasan. Koʻzlaringni ishqalab qaraganingda qarshingdagi shaxs seni ushlayotganini emas, balki itarayotganini tushunib yetasan.

Ba’zida, hayot seni mana shunday tarsakilar bilan oʻzinga keltiradi. Oʻz qadringni qayta qoʻlinga olishga undaydi.

👉 @umarhalil 👈
Musibat senga keladi, azobini esa onang tortadi.

@umarhalil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasvirga olish jarayonida operativ xotira bilan bogʻliq muammolar )))

👉 @umarhalil 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bayon-ul Furqonni ish jarayoni. Ijodiy faoliyatimdagi eng murakkab va eng xayrli ish boʻlib qoladi, inshaalloh.

Nasib boʻlsa, Baqara surasi tugashi bilan muxlislarga tinglashni boshlashlari uchun audiokitobni tayyor qismlarini chiqarishni boshlaymiz.

👉 @umarhalil 👈
Insonlarga qilayotgan yaxshiliklaring mashaqqati haqida gapirma. Yoʻqsa, bu ularda aybdorlik hissini paydo qiladi va shundoq ham sen orqali olayotgan halovatlari hamda sevinchlaridan bebaxra qiladi.

👉 @umarhalil 👈
Eynshteynsiz ham vaqtning nisbiyligini oddiy koʻz bilan ham payqash mumkin. Masalan, oylik beruvchiga vaqt qanchalik tez oʻtsa, oluvchiga shunchalik sekin oʻtadi )))

👉 @umarhalil 👈
“Bayon-ul Furqon” ya’ni Mulla Mavlaviy Hindistoniy rahmatullohi alayh qalamlariga mansub Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasining audiokitobini joylashtirishni boshladik.

Quyidagi havola orqali guruhga a’zo boʻlib tinglashingiz mumkin ⤵️

https://www.tgoop.com/+IngrXzlozM80NmIy

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1,5 millionga analiz topshirasan, lekin umuman kasallik chiqmasa ham alam qilarkan 😄

👉 @umarhalil 👈
Vasiyat
Omar Xalil
Bir vaqtlar Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Madaminbek, Shermuhammadbeklar haqida oʻqiganimda ulardagi qoʻrqmaslik, sharaf kabi sifatlarga havasim kelgan. Ularning vatanparvarligini eshitib katta boʻlganman. Koʻz oʻngimda bu siymolarning jonli namunasini koʻrish ham nasib etdi. Yahyo Sinvar meni tanimaydi, lekin men Oxiratda uning sharafli inson ekaniga guvohlik beraman!

Sinvarning vasiyatiga quloq tutinglar!

👉 @umarhalil 👈
2025/01/18 03:35:47
Back to Top
HTML Embed Code: