Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#maqola

Uzoq tanaffusdan soʻng, yana Oyina'da materialim chiqdi. Qiziq mavzu: katta-katta yozuvchilarning bolalar uchun yozgan asarlari haqida. Oʻzim ham miriqib yozdim, sizlarga ham yoqsa kerak.

Oʻqib koʻring, ehtimol, siz uchun yangilik boʻlar. Fikr bildirsangiz, qoʻllab-quvvatlasangiz, boshim osmonga yetadi. Yana yozib turishga ruhlantiradi :)

Marhamat: https://oyina.uz/uz/article/3182

@usmonosphere × @oyinauz
Make Usmonip great again!

@usmonosphere
Mansur Jumayev - Xatolarim ...
<unknown>
Мансур Жумаев
📜 Менинг хатоларим
🎙 Муаллиф

@sheriylahzalar
#taklif

Ertaga 11:00 da Alisher Navoiy kutubxonasida “Kitobxon bolalar” va “Dunyo daholari” ruknidagi kitoblarning taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Tadbir qiziq boʻlsa, vaqt topsangiz keling.

@usmonosphere
“Ayol choy qadoqchasiga oʻxshaydi ​​— qaynoq suv ichiga solmaguningcha uning qanchalar qudratli ekanini bilolmaysan”, degan edi Eleanor Ruzvelt.

Bu suratni ijtimoiy tarmoqda koʻrdim. Suratni joylagan kishi ayol ikki goʻdagi bilan eltuvchilik xizmatida yurgani, shunga qaramay juda tez harakatlanganidan toʻxtatib raqaminini olib qololmaganini yozgan ekan.

Haqiqatbin koʻz bilan qarasak, atrof-oʻngimizda yana qanchalar “qaynoq suv ichiga” tushgan ayollar bor ekan-a?

Surat manbasi

@usmonosphere
“Shoh soxta ekan”... Faktchek qilmasdan sizlarning hissiyotingizni qoʻzgʻaganim uchun uzr.

Bu shunchaki qaysidir Nobel olgur ayolning kallasiga kelgan tanilish usuli ekan xolos. Bundan keyin tarmoqlardagi xabarlarga tagʻinam sovuqqon boʻlish kerak.

Ayolga qoyil lekin. Agar shunaqa gʻoyalar topib tursa, yaxshi PR ustasi chiqadi. Lekin har qanday ezgu gʻoya odamlarni ahmoq qilish va ikkita goʻdakni sarson qilish bilan realizatsiya qilinmasligi kerak.

@usmonosphere
SOʻROQ

Boʻsh yelkamga bosh izlaymi,
Bosh urarga tosh izlaymi,
Tosh diydamga yosh izlaymi,
Neni izlay, onajon?

Sevgi desam, titrogʻi yoʻq,
Bahor desam, yaprogʻi yoʻq,
Gard tegmagan tuprogʻi yoʻq,
Qayga tizlay, onajon?

Bilmam, kimga oʻrni lozim,
Bilmam, kimga qorni lozim,
Kimga boʻlib koʻr mulozim,
Kimni sizlay, onajon?

Ezgin chaling, tanbur qani,
Koʻzi mungli, purnur qani,
Qani, ogʻo Mansur qani,
Qancha boʻzlay, onajon?

Savolim koʻp, javobi qarz,
Sheʼrim chala, davomi qarz,
Olovman, ki yonishim farz,
Nechun muzlay, onajon?

Shohrux Usmonov

@usmonosphere
Muhim eʼlon!

Bugun 21:00 da @karamazovlar sahifasida Uilyam Shekspirning 5 tomli saylanmasi ezgu niyatda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.

Ham Shekspirli boʻling, ham yaxshi ishga bosh qoʻshing.

👉🏿 @karamazovlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#lahza

Yakshanbabop yangilik: “Neyming xizmati”mdan foydalanganlar soni yana bittaga oshdi!

Yaʼni, jiyanchali boʻlibman hozirgina. Ismini oʻzing qoʻyasan deyishdi. Shunday qilib, butun umr amakisi qoʻygan nomni koʻtarib yuradigan jabrdiyda jiyan yana bittaga koʻpaydi :)

Xush kelibsan, Yangi Oʻzbekistonning yangi Xushnudi!

@usmonosphere
#siz_nima_deysiz

Dostoyevskiy qanday ijodkor?

Eynshteyn:
​​— Buyuk yozuvchi, u menga Gausdan ham koʻproq narsa bergan.
Nitsshe:
​​— Eng zoʻr psixolog, uning asarlari bilan hayotimda quvonchli kunlar boshlangan.
Markes:
​​— Men orzu qiladigan choʻqqilar Dostoyevskiy va Sofokl.
Kafka:
​​— Dostoyevskiy mening “qon qarindoshim”. Uning “Oʻsmir” romani mening asarlarimda koʻp narsani belgilagan.
Folkner:
​​— Dostoyevskiy inson qalbiga kira olish borasida har bir yozuvchi havas qiladigan daraja.
Freyd:
​​— “Aka-uka Karamazovlar” adabiyotning eng buyuk asari.
Tolstoy:
Dostoyevskiy oʻlganda yigʻladim.
Akutagava:
​​— Uning romanlari iblisni ham ma’yus torttiruvchi masxaraomuz obrazlarga boy.

...

Boqivoy:
​​— Dostoyevskiy hech kim emas...

@usmonosphere
#diqqat

Oʻzbek tilida “R” harfi bilan boshlanadigan hayvon nomi bormi?

Variantlaringizni botga yozib yuboring 🙏

@usmonosphere
#diqqat

Yana sizlarni bezovta qilaman. V harfi bilan boshlanadigan hayvon yoki qush nomini bilasizmi?

Bilganingizni botga yozib yuboring 🙏

@usmonosphere
#yangi_kitob

“Asaxiy Books”da Jordan Pitersonning “Hayot uchun 12 qoida” nomli kitobi chop etildi.

Ichida rasmchalari, sheʼrchalari bor. Olib varaqlanglar :)

@usmonosphere
#tarjima #til #tahrir

Mashina tarjimasi, inson tarjimasi va lug‘at boyligi

Bugun bir asar tarjimasini qiyosiy tahrir qilish jarayonida ajoyib topilmaga duch keldim. Tarjimon ingliz tilidagi “populism” so‘zini o‘zbekchaga “ommabozlik” deb o‘giribdi. Mana shu birgina so‘zning o‘zidayoq tarjimonga hurmatim oshdi.

Mana o‘sha gap: “Kelib chiqishi ishchilar sinfiga mansub bo‘lsa-da, uning yaqindagina shakllangan ommabozligi soxta va jamoatchilik fikriga qarab qolgandek, qiyofasidan boshqa maqtangulik jihati yoʻqdek tuyulardi”.

Chindan ham “ommabozlik” biz har kuni ishlatib kelayotgan “populizm” so‘zining ayni muqobili bo‘la oladi. Ma’no o‘sha, har qaysi kontekstga mos tushadi, hatto ortiqcha izohsiz ham anglash mumkin. So‘z yasalish qolipi ham bizga begona emas.

Tarjimonning o‘rni va qiymati mana shu nuqtada bilinadi. Ya’ni ma’lum so‘zni ikkala tilda ham yaxshi tushuna oladigan, o‘zbek tili xususiyatlarini biladigan ilmli va iste’dodli tarjimongina tilni boyitishi mumkin. No‘noq tarjimonlar yoki tarjima dasturlari esa, shunchaki “populizm”ning o‘zini matnga yopishtirgan bo‘lardi.

Nega tarjima dasturlari professional tarjimonning o‘rnini bosa olmasligiga misol bu. Chunki tarjima dasturlari avvaldan mavjud bo‘lgan, o‘zbekcha matnlarda qo‘llanilgan, lug‘atlarga kiritilgan va bazasida mavjud so‘zlarnigina taqdim eta oladi. Yangi so‘z yasash va mavjud so‘zlarning kontekstga mosini tanlashga hali imkoniyati hali yetmaydi. Katta ehtimol bilan hech qachon yetmasa kerak.

So‘zimni amalda isbotlash uchun ayni gapni eng takomillashgan tarjima dasturiga joyladim. Avvaliga u ham “populizm” deb o‘girdi. Matnni sayqallash tugmasini bosgandim, “xalqchillik” so‘zidan foydalandi. Ammo bu variant lug‘aviy va kontekstual jihatdan muqobil bo‘la olmaydi. Ikkinchi bor sayqallaganimda esa, “xalqparvarlik” deb tarjima qildi. Afsuski, bunda ham xuddi “xalqchillik”dagi kabi muammo ko‘zga tashlanadi. Uchinchi va to‘rtinchi sayqallashda ham shu so‘zlarni qayta taklif etaverdi.

Demak, sxema quyidagicha:
Inson tarjimasi: “populism” → “ommabozlik”
Mashina tarjimasi: “populism” → “populizm”, “xalqchillik”, “xalqparvarlik”...

Ko‘ringanidek, inson faktori vositasida muttasil ravishda bosqa tillardagi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobillari topiladi yoki yasaladi. “Ommabozlik”ga o‘xshagan yangi so‘zlar og‘zaki nutqda muomalaga kirib, lug‘atlardan o‘rin olib, matnlarda faol qo‘llanilganidan keyingina uni tarjima dasturlarida ko‘rish mumkin.

Aniq statistika yo‘q, lekin tarjimonlar, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar-u muharrirlar har kuni o‘nlab, balki yuzlab yangi so‘zlarni yaratadi, eskilarini qayta muomalaga kiritadi, mavjud so‘zlarga yangi ma’no yuklanadi. Tilshunos va lug‘atshunoslardan esa, shu kashfiyotlarni doimiy kuzatib borishni, unda-bunda uchraydigan yangi so‘zlarni bee’tibor qoldirmasdan, lug‘atlarga kiritishni so‘ragan bo‘lardim. Hozircha tilimiz uchun bundan foydaliroq tadbir yo‘q.

Shohrux Usmonov

@usmonosphere
2024/11/13 13:20:58
Back to Top
HTML Embed Code: