tgoop.com/uva_uz/3399
Last Update:
13-oktabr kuni Toshkent shahrida “Xalq diplomatiyasi amalda: yosh avlod uchun imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro yoshlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ShHT Xalq diplomatiyasi markazi hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiya yoshlarning xalq diplomatiyasini rivojlantirishdagi o‘rni, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim, innovatsiyalar, ekologiya va ijtimoiy loyihalar sohasida yangi imkoniyatlarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.
O‘zbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi raisi Shirin Abidova hamda Assotsiatsiya vakillari tadbirda faol ishtirok etib, yoshlar va volontyorlik tashabbuslari orqali do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
👋
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️
Telegram |Instagram |Facebook |Web
